So’nggi yangiliklar

19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  1 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0

Baxtiyor Ashurmatov: "Yangier"da g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchlilik qildi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Yangier"da g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchlilik qildi"

O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Qo'qon-1912" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

O'yin haqida

- "Yangier"da bugun g'alabaga bo'lgan hohish va ishtiyoq kuchlilik qildi. Ular o'z mehnatlari evaziga g'alabani qo'lga kiritishdi, jamoani g'alaba bilan tabriklayman.

- Jamoangiz o'tgan o'yinda ham, bugun ham so'ngi daqiqalarda gol o'tkazib mag'lub bo'ldi. Buni qanday izoxlaysiz?

- Bugungi mag'lubiyatga sabab bo'lgan bo'lgan golni xavfli vaziyat ham deb bo'lmaydi. Darvozabonlarda bu kabi xolatlar uchrab turadi. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng bizga to'p nazorati etishmadi. "Yangier" oxirigacha kurashdi, ular durang bo'layotgan vaziyatda g'alaba uchun kurashishdi. Biz hozir guruhda qiyin vaziyatga tushib qoldik. Oldinda yana ikkita o'yinimiz bor, ushbu uchrashuvlarda g'alaba qozonib vaziyatni to'g'rilashimiz kerak.

- Superliga va Pro-liga jamoalari orasida qanday farqni sezdingiz?


- "Yangier" jamoasini "Buxoro" va "Olimpik" jamoalariga qarshi o'yinlarini ko'rib chiqqandik. Bu jamoada yaxshi saviyadagi futbolchilar bor. Bugun ular oxirigacha kurashishdi va haqqoniy g'alabaga erishishdi. Bu yilgi mavsumda Pro-liga saviyasi o'sgan, bugungi o'yin bunga yaqqol misol. Kubok uchrashuvlarida bunday hisoblab uchrab turadi.

- Birinchi turdan so'ng guruhda qaysi jamoaning imkoniyatlarini yuqori baholayapsiz?


- Bugungi g'alabadan so'ng "Yangier"da ham imkoniyat bor. Umuman hozir har bir jamoada imkoniyat saqlanib turibdi. Biz hozir qiyin xolatdamiz, oldindagi uchrashuvlarda vaziyatni to'g'rilashimiz kerak.

- Jamoangiz so'ngi 6 ta uchrashuvda 1 ta g'alaba qozondi. SHu haqidagi fikrlaringiz?


- Bu futbol, uydagi o'yinlarda vaziyatlardan foydalana olmaslik bizga qimmatga tushmoqda. "Metallurg" bilan o'yinda vaziyatlarga ega bo'lishimizga qaramasdan oxirida gol o'tkazib yubordik. Yigitlar mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqargan xolda keyingi o'yinlarda butunlay boshqacha futbol namoyish etishadi.

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика