So’nggi yangiliklar

00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  41 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

Baxtiyor Ashurmatov: "VAR'dan foydalanish o'zbekistonlik hakamlarga emas shekilli" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "VAR'dan foydalanish o'zbekistonlik hakamlarga emas shekilli"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" (3:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.

"Avvalambor xalqimizni, muxlislarimizni kirib kelayotgan Hayit bayrami bilan tabriklayman. Doimo sog' bo'lishsin. Bahsni yomon boshlamadik, "Paxtakor"ga qarshi o'yinda chuqur himoyada o'ynash baribir ertami-kechmi pand berishi mumkin edi. SHu bois ikki nafar hujumchi bilan o'yinni boshladik. Golgacha bizda ikkita-uchta imkoniyat bo'ldi. "Paxtakor" esa ilk xavfli hujumni gol bilan tugatishdi va shundan keyin raqiblarda o'ziga bo'lgan ishonch ortdi. Bugungi g'alabaga sabab - "Paxtakor" safida mahoratli futbolchilarning ko'pligi.

To'p nazoratini "Paxtakor"ga berib qo'ysangiz baribir gol o'tkazardik. Mag'lubiyatdan keyin murabbiy noto'g'ri taktika tanlagan bo'lib chiqadi. Ammo hisob ochilgunga qadar biz ko'proq vaziyatlar yaratdik. O'sha gol o'yinda tub burilish yasadi. Balki bir hujumchi bilan tushib, asosiy urg'uni himoyaga berishimiz ham mumkin edi. Ammo aytganimdek "Paxtakor" bunday o'yinlarda baribir ijobiy natijaga erishardi.

Muzaffar Abdullaev bu mavsum ishonchli o'ynab kelayotgandi, afsuski "Andijon" bilan bahsda olgan jarohati bugun maydonga tushishiga imkon bermadi. Umid qilamanki keyingi o'yingacha Abdullaev safimizga qaytadi. Tarkibimizda 3 nafar darvozabon bor, navbatdagi bahsda qaysi darvozabon tushishini o'yinga yaqin aniqlaymiz.

Hujumni kuchaytirishimiz kerak. Norbekov va Meliev ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lishmoqda. Vaziyatlardan foydalana olmaslik asosiy muammolarimizdan biri bo'lib turibdi. Balki yozda hozirgi hujumchilarimiz yoniga "gol hidini sezadigan" hujumchi olib kelarmiz. Bir vaqtlar "Paxtakor"da Igor SHkvirin shunday edi.

"Paxtakor" balki o'tgan yilgidek tarkibi kuchli emasdir, ammo yosh futbolchilar yaxshi harakat qilishmoqda.

Asosiy tarkibni tanlashda men va murabbiylar shtabi ayrim xatolarga yo'l qo'ydik. CHunki "Paxtakor"dek jamoaga qarshi o'ynaganda bir futbolchi o'yin tempidan tushib qolsa bu juda ham katta yo'qotish bo'ladi. Birinchi taymda bazi futbolchilar jismoniy tomonlama tayyor emasligi ko'rindi.

Birinchi pas uzatishda ko'p xatoga yo'l qo'ymoqdamiz. To'pni nazorat qilishda boshqalarga nisbatan bo'shroq. Oldin ham aytgandim Quvondiq Ro'zievdek futbolchi yo'q, uning ketishi katta yo'qotish bo'ldi. Tarkibimizda Bambadan tashqari bironta ijrochi yo'q. Merzlyakov va Xolmuhammedov kabi futbolchilar jonini berib o'ynmoqda. Nega kimdir bor kuchi bilan o'ynaydiyu, kimdir 60 foiz kuch bilan o'ynaydi?

VAR'dan foydalanish o'zbekistonlik hakamlarga emas shekilli. To'p autga chiqib ketsa ham to'xtatib eshitmoqda yoki har bir vaziyatga...birinchi taymda 5-6 marta to'xtalish bo'ldi. Bu o'yin tempi tushib ketishiga sabab bo'lmoqda. Qizil kartochka, penalti va o'yindan tashqari holatni aniqlashda VAR ishlatiladi. Yana bir narsa o'yinda hisob 3:0 va hakamlar uchrashuvga 6 daqiqa qo'shishmoqda. Germaniya yoki Ispaniyada etibor qilsanglar hisob yirik bo'lsa kamroq vaqt qo'shiladi. Taxmin qilaman agar so'nggi daqiqalarda hisob 1:0 bo'lib turganida 3 daqiqa qo'shilardi va bahs tezroq tugatilardi. Tushunarsiz holat lekin nima bo'lganda ham ayb o'zimizda deb o'ylayman", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика