So’nggi yangiliklar

03:00Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Эспаньол"га мағлуб бўлди, "Атлетико" билан орадаги фарқ — бир очко  63 01:58Назорат учрашуви. "Бунёдкор" Косово жамоасидан устун келди  0 00:45Ла Лига. "Атлетико" Мадридда "Мальорка"ни мағлуб этди. Гризманн яна гол урди  10 00:15ПСЖ йирик хисобда ғалаба қозонди, Дембеле хет-трик қилди, Рамуш эса дублга эришди.  4 23:04"Барселона" собиқ ўйинчиси Артур Ла Лигага қайтди  13 22:41Бундеслига. "Бавария" ва "Хольштейн Киель" ўртасидаги ўйинда 7та гол урилди, "Боруссия" меҳмонда "Хайденхайм"дан устун келди  15 22:08АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Борнмут"дан устун келди, "Эвертон"дан 4:0, "Саутгемптон" ва "Фулхэм"дан меҳмондаги ғалаба  12 21:36Озарбайжон чемпионати. "Сумқайит" ўз уйида "Араз" билан дуранг ўйнади, Жалолиддинов 62 дақиқа ҳаракат қилди  4 21:04"Наполи" Кварацхелиянинг ўрнини Саудия Арабистонидаги ўйинчи билан тўлдиради  2 20:37Асенсио АПЛ клубига ўтиши мумкин  1 19:57Назорат ўйини. "Нефтчи" Қозоғистон клубини таслим қилди  8 19:48Баҳодир Мирзаев: "Қуръадан кўнглимиз тўлди, буёғига амалда кўрсатиш қолди"   5 19:35АПЛ. "Ноттингем Форест" жавобсиз 7та гол урди  11 19:30Иван Бошкович: "Бизга энг қийин рақиб рўбарў келди"   14 19:25Тўртта баҳс учун таркиблар маълум бўлди  1

Baxtiyor Ashurmatov: "Sidorov goli bilan o'ziga bo'lgan ishonchini qaytarib oldi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Sidorov goli bilan o'ziga bo'lgan ishonchini qaytarib oldi"

“Qizilqum” – “Qo'qon-1912” (2:2) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmon jamoa ustozi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi

O'yin haqida:

-“Qizilqum” jamoasi oxirgi paytlarda chiroyli o'yinlar ko'rsatib, yaxshi natijalar qayd etyapti. Hamidjon Aktamov bejizga oyning eng yaxshi murabbiyi bo'lgani yo'q. Jamoasining o'yinida katta o'zgarishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. “Qizilqum”ning ajoyib o'yin ko'rsatishida murabbiyning mehnatini takidlab o'tgan bo'lardim. O'yinga kelsak, jangovar va asabiy ruhda kechdi. Bugun yutishimiz yoki mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi. Mehmonda durang o'ynaganimizda murabbiylarning ko'rsatmalaridan ko'ra, futbolchilarning xarakter ko'rsatgani, oxirigacha kurashishgani, qiyin vaziyatlarda o'zlarin yo'qotib qo'yishmagani va zaxiradan maydonga tushganlar ham ahil jamoa bo'lib o'yinga qo'shilib ketganlari tufayli natijasini berdi va durangga erishdik. G'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Murod Xolmuhammedov va Ivan Yosovich jarohat sababli jamoa bilan umumiy mashg'ulotlarda qatnasha olmadilar. SHunga qaramasdan, ular sog'ligini tavakkal qilib, qiyin vaziyatda jamoaga yordam berishga qaror qildilar. Ularga va maydondagi barcha yigitlarga oxirigacha kurashishgani uchun minnatdorchilik bildiraman.

- Eshitishimizcha, jamoada moliyaviy muammolar bor ekan. Futbolchilar oxirgi marta qachon oylik maosh olishdi?

- Bu jamoamizning ichki ishlari. Etibor bersangiz, hech qaysi holat futbolchilarimizga oxirigacha kurashishlariga xalaqit bergani yo'q. Faqat g'alaba qozona olmayotganimizga omad kelmasligi sabab bo'lyapti. Yutqazgan o'yinlarda ham munosib kurashishyapti. Yigitlarga hech qanday etiroz bildira olmayman. Qo'qonda hech qachon futbolchilarni aldashmagan. O'ylaymanki, bu yil ham shunday bo'ladi. SHu sababli bu haqda to'xtalishni xohlamagan bo'lardim. Asosiysi, yigitlar ahil. To'g'ri, jadvalda bundan yuqoriroq o'ringa joylashishimiz mumkin edi. Afsuski, omadsiz o'yinlar bizni shu o'ringa joylashishimizga sabab bo'lyapti. Ammo mana shunday o'yinlar namoyish etsak, keyingi uchrashuvlarda kerakli ochkolarni qo'lga kiritamiz.

- Birinchi bo'lim boshlarida tarkibda o'zgarish bo'ldi. Bunga nima sabab?

- Gapning ochig'i, Farhod Bekmurodov ikki-uchta vaziyatda darvozamizga yaqin joyda to'pni yo'qotishi bizni xavotirga soldi. Afsuski, zaxiradan futbolchini maydonga tushirishga ulgurmay qoldik va gol o'tkazib yubordik. Bu kabi holat har bir futbolchida bo'lib turadi. Kimnidir ayblamoqchi emasmiz. Ammo, o'yinga kirishib keta olmagani sababli tezkor tarzda o'yinchi almashtirishga qaror qildik.

- Andrey Sidorovdan shunday gol kutganmidingiz?

- Rosti, murabbiydarda sezish qobiliyati bo'ladi. Hujumni kuchaytirish uchun tavakkal qilishga majbur edik. Gapning ochig'i, qaysi hujumchini maydonga tushirishga ikkilandik. Sidorov doim zaxiradan tushganda gol urmayapti, bu safar bu ishni uddalar, degan holatda uni maydonga tushirdik. Bu gol o'ziga bo'lgan ishonchni qaytarib beradi. Andrey yaxshi futbolchi. Lekin, oxirgi yillardagi omadsizlik uni ancha tushkun holatga tushirib qo'ygandi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика