So’nggi yangiliklar

10:21МЮ “Интер“ футболчисини 40 миллион еврога сотиб олиши мумкин  1 09:53“Барселона“ футболчиси “Челси“га ўтиши мумкин  3 09:24Италиянинг машҳур жамоаси расман профессионал мақомидан айрилди  1 08:55Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди  6 08:26Клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этаётган Европа жамоалари кечаги машғулотларни бир дақиқалик сукут билан бошлашди  0 07:58Суперлига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  2 07:30Ўзбекистон МТЖга номзод футболчи иккинчи даврани “Сўғдиёна“да ўтказади  4 01:19"Милан" "Торино" футболчисининг трансферини эълон қилди  0 01:13"Милан" Асенсио билан музокаралар ўтказмоқда  0 00:45"Ливерпуль" 20-рақамни "музлатди"  18 00:17"Ал Қодисия" А Серия тўпурари учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 23:57"Бунёдкор" ва "Локомотив" собиқ устози "Хўжанд" бош мураббийига айланди  1 23:36Акмал Рустамов: "Омад биз томонда бўлди"  1 23:14Элдор Мойлиев: "Сирожиддин Қўзиев легионерга айланди"  2 22:58Ди Марцио Элдор Шомуродовнинг янги жамоасини маълум қилди  18

Baxtiyor Ashurmatov: Quvondiq ancha vaqtdan beri jarohat bilan o'ynamoqda Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: Quvondiq ancha vaqtdan beri jarohat bilan o'ynamoqda

“Mashal“ hamda “Qo'qon-1912“ o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi 1/4 final uchrashuvidan (0:1) so'ng, mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Yigitlarimizning matonatiga va o'zlarida kuch topayotgani uchun murabbiylar shtabi nomidan minnatdorchilik bildiraman. CHunki, buguni uchrashuvdan oldin jamoamizning sakkiz nafar futbolchisida jarohat bor edi va sh sababli zaxiradan to'rtta futbolchi joy oldi. SHunga qaramasdan, yigitlarimiz o'zlarida kuch topa oldi va oxirgacha kurashishda davom etib, yarim finalga yo'l olishdi. Kubokka ikkita qadam qoldi va oxirigacha munosib qatnashamiz. O'yin haqida fikr bildiradigan bo'lsam, birinchi bo'limda ustunlik biz tomonda bo'ldi va gol urdik. Agar birinchi bo'limni o'zida ikkinchi golni ham urishga erishganimizda ikkinchi 45 daqiqalikda osonroq bo'lardi. 

Ikkinchi bo'limda esa «Mashal» futbolchilari yaxshi harakat qilishdi. Muborakliklar «SHo'rtan»ga qarshi uchrashuvda asosiy futbolchilarining bir nechtasiga dam berdi va shu sababli ularning jismoniy holatlari yaxshiroq edi. Ular ikkinchi bo'limda ustunlikka ega bo'ldi va to'p nazorati ularda bo'ldi. Oxirgi daqiqada darvozabonimizning ajoyib harakati sababli goldan qutilib qoldik. Bizda ikkita kuchli darvozabon bor va ularning har ikkisi yaxshi harakat qilishmoqda. «Mashal» futbolchilariga rahmat aytaman, ular mag'lubiyatga uchrayotganiga qaramasdan so'nggi daqiqalarda fair-playga amal qilib to'pni qaytarib berdi. «Mashal» so'nggi to'rtta uchrashuvda mag'lubiyatga uchramadi. SHu sababli biz bugun munosib raqibni mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldik deb o'ylayman. Bu g'alaba bilan muxlislarni tabriklayman.

Mahalliy muxlislarning etirozi haqida...

To'g'ri ular etiroz bildirishdi. Biroq o'yin yakunidan so'ng men ularga minnatdorchilik bildirdim. O'yin vaqtida futbolchilarimni haqorat qilishganda, men ular uchun oxirgacha turib berishga tayyorman. CHunki ular qiyin vaqtda ham murabbiylarning shani uchun kurashishmoqda. Muxlislarni ham to'g'ri tushunaman. O'yin yakunidan so'ng ular bilan suhbatlashdim va barchasini to'g'ri tushuntirdim.

Quvondiq Ro'zievning jarohati qanchalik jiddiy?

Quvondiq ancha vaqtdan beri jarohat bilan o'ynamoqda. CHunki tarkibimizda ko'plab jarohatlar borligi sababli, unga dam berish imkonimiz yo'q. Quvondiqdan tashqari, Xolmuhammedov, Merzlyakov va boshqa futbolchilarimizda jarohatlar bilan harakat qilishmoqda. Mavsum cho'zilib ketdi, zaxiramiz esa tor. Umid qilamanki, yarim finalda Quvondiq tayyor bo'ladi va jamoaga yordam berishda davom etadi.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика