Baxtiyor Ashurmatov - "Qo'qon-1912"ga bosh murabbiy bo'lish uchun asosiy nomzod

Narzulla Saydullayev
28 noya 2015, 13:58
"Navbahor" klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov yangi mavsumda boshqa klubda ish boshlashi mumkin.

Dastlab "Qo'qon-1912" bosh murabbiyiligiga "Neftchi" ustozi Murod Ismoilov nomzodi ko'rib chiqilayotgandi. Biroq Farg'ona klubi Ismoilovni o'z safida olib qolishga qaror qildi. Shu bois asli qo'qonlik bo'lgan Baxtiyor Ashurmatov "Qo'qon-1912"ga bosh murabbiy bo'lish uchun eng asosiy nomzodga aylandi.

Eslatib o'tamiz, 2015 yilgi mavsumda "Qo'qon-1912"da bosh murabbiy bo'lib ishlagan Rustam Abdullaev 29-turdan so'ng iste'foga chiqarilgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia