So’nggi yangiliklar

13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  0 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  1 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  3 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  4 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  9 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  4 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  4 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  6 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  3

Baxtiyor Ashurmatov: "Qizilqum"ga Agamurodov kelgach, jamoa tartibli o'ynay boshladi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Qizilqum"ga Agamurodov kelgach, jamoa tartibli o'ynay boshladi"

Coca Cola Superligasi 5-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” - "Qizilqum" (4:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.

“Bugungi o'yin juda asabiy va qiyin o'tdi. Murabbiy sifatida birinchi bo'limdagi o'yinimizdan butunlay qoniqmadim, chunki o'yin uchun qilingan rejalarimiz amalga oshmadi.

“Qizilqum” jamoasiga hurmatli Tachmurod SHamakovich Agamuradov kelganidan keyin jamoada o'zgarishlar bo'lgan, klub tartibli o'ynay boshlagan. Bugun "Qizilqum" birinchi bo'limda ajoyib o'yin ko'rsatdi.

4:0 hisobi bizning katta ustunligimiz evaziga emas, “Qizilqum”ning bo'shliqlaridan unumli foydalanganimiz evaziga bo'ldi deb o'layman.

O'yinda tub burilish yasay olganliklari uchun futbolchilarimizga rahmat aytaman.

Muxlislarimiz ham futbolni sog'inishgan, afsuski, o'yinlar muxlislarsiz o'tmoqda. Muxlislarimiz tezroq stadionga qaytishlarini kutib qolamiz va bugungi g'alabamizni ularga bag'ishlaymiz.

Zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinimizni kuchaytirishdi va o'zgarishlar o'zini oqladi.

Keyingi o'yinlarda ustozim Tachmurod SHamakovich va “Qizilqum”ga omad tilayman", - deydi Ashurmatov.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика