So’nggi yangiliklar

07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  0 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  1 07:20Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Жалолиддиновдан иккита, Абдихолиқовдан битта ассист  0 01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  24 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  7 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  6 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  4 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  108 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1

Baxtiyor Ashurmatov: "Paxtakor” omadliroq bo'lib chiqdi va g'alabani ilib ketdi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Paxtakor” omadliroq bo'lib chiqdi va g'alabani ilib ketdi"

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi:
 O'yin to'g'risida shuni aytish joizki, agarda bugungidek jangovar o'yin ko'rsatsakkina bizni muxlislarimiz xurmat qilishni boshlashadi va o'yingohga ishqibozlarning tashrifi ko'payadi. Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. O'yin oldidan “Paxtakor”da bo'ydor futbolchilar ko'pchilikni tashkil etishini yigitlarga aytib o'tgandik. SHundan kelib chiqqan holda har bir o'yinchimizni kimga qarshi o'ynashini ham belgilab olgandik. Afsuski, xavsiragan holat ro'y berib, raqib standart vaziyatdan gol urishga erishdi. Natijaga tarkibdagi muammolar ham o'z so'zini aytganligini qo'shimcha qilgan bo'lardim. Mag'lubiyatda murabbiy sifatida aybdorman. Ammo, Bobir Akbarov to'rtinchi sariq kartochka tufayli maydonga tusha olmasdi. Bu ham etmagandek, birinchi bo'limda yana bir himoyachimiz Qahramon Mahammadjonovning ham qo'li sindi. SHu sababli, u ikkinchi bo'limni davom ettira olmadi. Buning oqibatida majburiy o'zgarishni amalga oshirib, Azim Ahmedovni himoyaga o'tkazishga majbur bo'ldik. Bu hol esa yarim himoya chizig'imizni kuchsizlanishiga olib keldi. O'yin borasida gap ketganida, ikkita bir-biriga munosib jamoalar maydonda to'p surishdi. Afsuski, “Paxtakor” omadliroq bo'lib chiqdi va g'alabani ilib ketdi.

Hakamlar haqida gapirishni istamasdim. Negaki ularni nazorat qiladigan bo'limi bor. Bahoni o'shalar berishsa yaxshi bo'lardi. SHu sababli, aybni hakamdan izlamagan bo'lardim. Yutqizdikmi, bunda murabbiy sifatida o'zim aybdorman. Bugungi o'yinda mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, muxlislarimiz yigitlarni qarsaklar bilan kuzatib qo'yishdi. Buning uchun ishqibozlarimizga minnatdorchilik bildirib o'tardim. Fursatdan foydalanib, jamoaning so'nggi o'yinlardagi muvaffaqiyatsiz natijalari uchun muxlislarimizdan jamoa nomidan uzr so'ragan bo'lardim. Afsuski, bu yilgi chempionatni “Navbahor” bir tekisda o'tkaza olmayapti. Ikkinchi davraning dastlabki uchta turida ijobiy natijalar qo'lga kiritilgan bo'lsa, oxirgi to'rtta turda ochko olishni uddasidan chiqa olmadik. SHu sababli, aybni o'zimizdan izlashimiz kerak. SHu bilan birgalikda o'yinimizni kuchaytirishimiz lozim. Rahbarlar ham jamoaga bo'lgan etiborni kuchaytirishlari kerak. SHunda jamoa natijalari ham yaxshi tomonga o'zgaradi deb o'ylayman, - deydi Ashurmatov.
Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика