So’nggi yangiliklar

11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  4 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   3 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  14 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  6

Baxtiyor Ashurmatov: "Nega bunday tadbirlar kam ekanligini tushunmayman" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Nega bunday tadbirlar kam ekanligini tushunmayman"

Kecha "championat.asia" saytining bayram tadbirida Sirdaryoning "Guliston" jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ham ishtirok etdi.
Tadbir yakunida esa murabbiy o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Hammasi ajoyib. Bunday tadbirlar nega kam ekanligi tushunmayman, tashkillashtirish shart! Bunday tadbirlar faqat futbolga mehr uchun ishlaydi. Sayt ijodkorlarini va barcha o'quvchilarini 3 yoshlik ayyom bilan tabriklayman. Qisqa fursat ichida o'z o'riniga ega bo'lgan bu sayt namunali ishlarni amalga oshirmoqda" - deya tadbir haqidagi dastlabki fikrlarini bildirib o'tadi murabbiy Ashurmatov.

"Muxlislar bilan birgalikda maydonda harakat qilish g'oyasi zo'r ishlangan. Bunda hamma bir-biriga yaqinlashadi. Ularning o'yinlarini kuzatib va ular bilan maydonda harakat qilib yaxshi o'yin ko'rsata oladigan muxlislar ham borligiga amin bo'ldim.  Hamma bugun maydonda harakat qilgan muxlislardan so'rab ko'rsak, futbol ular o'ylagancha oson emasligiga amin bo'lasiz. Ana ko'pchilik tanqidchi muxlislarimiz ham bir-ikki metrdan ham gol ura olishmadi (kuladi). Ochig'ini aytsak futbolchiga oson emasligini tushunib etish uchun bunday tadbirlar nihoyatda zarur. Ular fikr bildirganchalik oson futbol bo'lmaydi. Bunday tadbirlarni ko'paytirish tarafdoriman va bajonudil ishtirok etaman" - deya qo'shimcha qilib o'tadi Baxtiyor Ashurmatov.

Undan tashqari murabbiy muxlislarni stadionga jalb etish uchun bu borada shunday ishlar zarurligini ham takidlab o'tadi.

"Mana shunday tadbirlarni qanchalik ko'p o'tkazsak stadionlarimizga muxlislar tashrifi ham oshib boradi. SHu bois bunday ishlarni ko'plab tashkil etish joiz. SHoular davomida futbolchilar bilan yaqindan muloqotda bo'ladi va buning mashaqqatini ham tatib ko'radi. Bunda muxlislar futbolchilarning ham ichki dunyosiga kirib boradi va ularning ham oddiy insonligiga amin bo'lib, keskin tanqidiy fikrlar kamayadi" - deya fikrini bildirib o'tdi.

"Futbol muxlislar uchun va qachon yordamimiz kerak bo'lsa, labbay deb javob berishga tayyormiz. Murabbiylar va futbolchilar bilishi kerak va his qilishi kerak. Futbol faqat muxlis uchun o'ynaladi va shunda keskin fikrlar kamayib aloqalarimiz mustahkamlanadi. Bunda O'zbekiston futboli ham yuqorilab boradi va biz kutgan darajaga chiqishimiz mumkin"

Kechagi uchrashuvga ob-havoni tasiri bo'lmagani borasida ham fikrlarni bildirib o'tadi.

"Meni o'ylashimcha bitta javob. Yo'q tasir o'tkazmadi. Har qanday ob-havoda ham maydonga chiqishga tayyor turishimiz va buni muxlislar ham ko'rishi kerak. Yomg'ir o'z tasirini o'yinga o'tkaza olmadi".

O'yinda Ashurmatov jamoasi mag'lub bo'ldi va bu borada ham o'z fikrini aytib o'tadi.

"Ha albatta mag'lubiyatdan xursandman deya olmayman. Biz g'alaba uchun hammamiz harakat qildik lekin mag'lub bo'ldik. Mag'lubiyatimizga sabab esa raqib jamoamiz safida ko'proq futbolchilar bo'lgani bois bizga imkoniyatlar kam bo'ldi. Muxlislar bilan futbolchilar saviyasi ko'rindi. Aybni ob-havodan emas jamoamizdan qidirsak yaxshi bo'lardi. Raqibmiz kuchliroq o'yin namoish etgani bois ular g'alaba qozondi" - deya o'z so'zlarini  yakunlaydi tadbir ishtirokchisi Baxtiyor Ashurmatov.

Humoyun Davurov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика