So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  1 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Baxtiyor Ashurmatov: "Navbahor" haqida tanqidiy maqolalar ko'payib ketdi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Navbahor" haqida tanqidiy maqolalar ko'payib ketdi"

"Navbahor" - "Buxoro" (4:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.
"Bugun g'alaba bizga juda zarur edi. Jamoamizning ashaddiy jonkuyar, haqiqiy muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. "Navbahor" jamoasi haqida tanqidiy maqolalar ko'payib ketdi. SA saytida Osiyo o'yinlarida qatnashadigan O'zbekiston jamoasiga 1:5 hisobida yutqazganidan so'ng maqola chiqdi, "Lokomotiv"ga mag'lub bo'lganimizdan keyin ham tanqidiy maqola chiqdi. Vaholanki, "Lokomotiv" bugun "Nasaf"ni safarda yirik hisobda mag'lub etdi, "Nasaf" o'tgan turda "Dinamo"ni yutgandi. Bugun "Bunyodkor" yirik hisobda yutdi. Ular haqida emas "Navbahor" haqida maqolalar chiqmoqda. Balki mutaxassislar bizdan yaxshiroq natijani kutishgani uchun ham tanqidiy maqolalar chiqayotgandir.

"Buxoro" bugun yaxshi o'yin namoyish etdi, ular kamchilik bo'lib qolishdi. Ammo baribir ular oxirigacha kurashishdi. Bugungi bahs uchun raqibga rahmat aytaman. Gessi bir necha yillardan buyon O'zbekistonda ishlab kelmoqda. Uning tajribasiga shubha yo'q. Muxlislar ajoyib o'yin guvohi bo'lishdi.

Yangi darvozabonimizga bahsdan oldin agar imkoniyat bo'lsa jarima maydonidan chiqib himoyachilarga yordam berishini aytgandim. Hech kim bunday uzoqlikdan to'pni darvozaga yo'llanishini kutmagandi. Futbol xatolarsiz bo'lmaydi. Denchevga boshqa vaziyatlarda hech qanday etiroz yo'q. U keyingi bahslarda muxlislar yoqimtoyiga aylanadi deb o'ylayman.

Jamoaga yangi kelgan Ruslan Kachur, Bobur Akbarov, Alisher Samatov va Petar Denchev o'zlarini yaxshi tomonlama ko'rsata olishdi.

Yaqinda menga bir muxbir darvozabon olmaysizmi deb qayta qayta so'rayverdi. SHu bois hazil tariqasida yaxshi darvozabon bo'lsa topib bering degan manoda aytgandim. Buni muxlislarga aytamagandim. SHuni alohida takidlashni istardim.

Mavsum boshida bo'lgan yig'ilishda Ilhom Boydadaev jamoa sardori, Mansur Saidov va Alisher Mahmudov vice-sardor etib tayinlanishgandi. Jamoa etakchisi bo'lishi uchun sardor bo'lishi shart emas.

Bugungi g'alaba bilan yana bir bor muxlislarimizni tabriklayman, - deydi Baxtiyor Ashurmatov.


SHerzod Hamdamov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика