So’nggi yangiliklar

07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  0 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  156 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  15 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  136

Baxtiyor Ashurmatov: "Namanganda hech qaysi jamoaga oson bo'lmaydi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Namanganda hech qaysi jamoaga oson bo'lmaydi"

"Navbahor" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Nimchorak finalda kuchli jamoaga ro'para keldik. Oldimizga keyingi bosvichga chiqish vazifasi qo'yilgan. Afsuski, qarshi hujumdagi imkoniyatlardan foydalana olmadik. Feyr pley masalasida yigitlarga ko'rsatmalarni berib o'tgandim. Kerak bo'lgan vaziyatda oxirigacha yotish kerak. Bo'lmasa umuman yiqilmaslik kerak. Murabbiylar bilan bir to'xtamga kelib olishimiz lozim. Feyr pleyga amal qilamizmi yo'qmi...", deya so'z boshladi mehmonlar ustozi.

"Loko"ga qarshi 90 daqiqa himoyalanishni iloji yo'q. Agar to'pni o'z nazoratimizga olmasak yuqori saviyali futbolchilarga ega bo'lgan jamoa gol kiritishi osonlashadi. Bu vaziyatda yigitlar kelishib o'ynashlari lozim. Darvozaga yaqin joyda himoyalandik va shuni oqibatida gol o'tkazib yubordik. Markazda himoyalanishimiz lozim edi. Afsuski, ko'rsatani to'liq bajara olishmadi yigitlar.

CHetlatishlar? Afsus... Deyarli har bir o'yinda qizil kartochkalar bo'lmoqda. Jabborov endi "Qo'qon"ga qarshi bo'ladigan o'yinni o'tkazib yuboradi. Qizil kartochkani asossiz olgan futbolchilarga jarimalarni joriy qilishimiz lozim.

Erkinovning jarohati bor edi. SHixovga esa dam berishga qaror qildik. 

Boshqa jamoalar haqida gapirishni istamayman. Yigitlarimda shijoat kam deb hisoblamayman. CHunki, yakkakurashlarda oxirigacha kurashmoqdalar. Bu borada ularga etiroz bildira olmayman. Ular oxirigacha kurashmoqdalar. Ko'rsatmalarni to'liq bajarish borasida bo'lishi mumkin. lekin, shijoat borasida etiroz yo'q.

Imkoniyatlar? Futbolda imkoniyat doim bo'ladi. Oxirigacha kurashamiz. Ikkinchi gol ortiqchalik qildi. O'z maydonimizda ham o'yin bor. Namanganda hech qaysi jamoaga oson bo'lmaydi. O'ylaymanki, javob o'yinida muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashlari ostida o'yin namoyish etamiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика