So’nggi yangiliklar

17:54Пенья кеч қолгани учун "Барселона" дарвозасини Шченсни қўриқлаган экан  0 17:47Фотоархив. "Хоразм"нинг Суперлигада ўтказган охирги мавсуми ёдингиздами?  0 17:29Абдуллоҳ Омоналиев "Сўғдиёна"га қайтди  0 17:08Анчелотти: "Реал ТВ"нинг фикр билдиришга ҳаққи бор"  1 16:12Пеп Гвардиола: "Манчестер Сити" трансферлари ҳақида фикр билдирмайман"  18 16:03Асадбек Раҳимжонов "Бунёдкор"га қайтди  0 15:27Акмал Мозговой "Насаф"да қоладиган бўлди  7 14:25Кичин "Локомотив"ни тарк этиб, "Барс"га ўтди  4 14:15Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   38 13:59"Бунёдкор"га легионерлар оқими давом этмоқда. Клуб черногориялик футболчи билан шартнома имзолади  6 13:24Ўзбекистонлик ҳакам футзал бўйича Осиё Кубоги саралаш баҳсларида ишлайди  0 12:52Расман: Жоэль Кожо - "Истиқлол" футболчиси  3 12:35"Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  25 12:14"Манчестер Юнайтед" скаути: "Унда "Юнайтед" ДНКси бор, афсуски бизникилар буни кўра олишмади"  33 11:56Испаниялик мутахассис "Қизилқум"да ишлайди  2

Baxtiyor Ashurmatov muxlislar bilan uchrashdi Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov muxlislar bilan uchrashdi

Kecha “Navbahor” o'yingohida, “Navbahor” futbol klubi rahbariyati va jamoa muxlislari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda “Navbahor” futbol klubi vice prezidenti Rasuljon Nizambaev, jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov, O'zbekistonda futbolni qo'llab-quvvatlash jamoat fondining Namangan viloyati bo'limi direktori Mashrabjon Alixanov, IIB JTSB boshlig'i Ulug'bek Iminovlar ishtirok etishdi. Mazkur uchrashuvga muxlislar bilan bir qatorda OAV vakillari ham taklif etilishgandi. Do'stona ruhda o'tgan uchrashuvda muxlislar o'zlarini qiziqtirgan bir qator savollarga javob olishdi.

Uchrashuv avvalida, IIB jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig'i Ulug'bek Iminov so'z olib, Qo'qonda o'tadigan navbatdagi “vodiy derbi”si xususida so'z yuritdi. Iminov o'z so'zida muxlislarga o'zlarini o'yingohda qanday tutishlari, muxlislik madaniyati va boshqa bir qator foydali maslahatlari bilan o'rtoqlashdi. SHu bilan birgalikda, ishqibozlarni o'yingohda joriy etilgan tartib qoidalarga rioya qilish foydadan holi bo'lmasligini tushuntirib o'tdi.

O'yingohga yig'ilgan aksariyat muxlislar “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovga bir qator savollar bilan murojaat qilishdi. O'z navbatida Ashurmatov ishqibozlarning barcha savollariga atroflicha javob qaytarib, muxlislarning olqishiga sabab bo'ldi. Yodingizda bo'lsa “Navbahor” – “Buxoro” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etgach o'tkazilgan matbuot anjumanida Ashurmatov “Navbahor”ni g'alabasidan xursand bo'lmaydigan muxlislar ham borligini aytib o'tgandi.

Aynan shu mavzuda ishqibozlardan biri savol berib, gap aynan kimlar haqida ketayotganligi bilan qiziqdi. Bunga javoban Ashurmatov turli saytlarda jamoaga oid turli xil tanqidiy maqolalar chiqqanligi va ularga muxlislar tomonidan bildirilgan fikrlarni misol qilib ko'rsatdi va uchrashuv qatnashchilariga internet saytlarida berilayotgan maqolalarni doimo kuzatib borishini malum qildi. Salbiy fikr bildirgan muxlislarni esa aynan g'alabadan xursand bo'lmaydiganlar sirasiga kiritish mumkinligi bildirdi.

Barchaga malumki, bugungi kunda Baxtiyor Ashurmatov Mirjalol Qosimov boshchiligidagi milliy terma jamoa murabbiylar shtabidan ham o'rin olgan. Murabbiyni ikkita lavozimda faoliyat yuritishi ham OAVlarda muhokama qilib kelinmoqda. Muxlislar Ashurmatovni terma jamoa bilan band bo'lganida, klubdagi mashg'ulot jarayoni yoki tartib-intizom borasida ham kamchiliklar yuzaga kelishi mumkinligini aytib o'tishdi. Bunga javoban Ashurmatov “Navbahor”ga kelishidan oldin “Bunyodkor” klubi murabbiylar shtabidan o'rin olganligini aytib, mustaqil ravishda ishlashni istaganligi va namanganlik muxlislarning futbolga bo'lgan munosabatlari tufayli “Navbahor”da ishlashga rozilik bildirganligini etirof etdi. “Navbahor”ga o'tishiga aynan muxlislarni sabab qilib ko'rsatib, bu borada pul hech qanday ahamiyatga ega bo'lmaganligini takidladi. Agarda murabbiy “Bunyodkor”da qolib, ortiqcha masuliyatdn xalos bo'lgan holda yaxshigina ish haqi bilan taminlangan holda faoliyat olib borishi mumkinligini ham qo'shimcha qildi.

Ashurmatov “Navbahor”da ish boshlagach, Qosimovni O'FF rahbariyati bilan kelishgan holda terma jamoaga chaqirilganligini aytib o'tdi. Bevosita uning yo'qligida klubda muxlislar tabiri bilan aytilgan holatni yuzaga kelmasligini bildirdi. Yani murabbiy o'z yordamchilariga to'liq ishonishini hamda ularni o'zi belgilab bergan jadval asosida ish yuritishlarini aytib, bu borada hech qanda xavotirga o'rin yo'qligini bildirdi.

Muxlislar davralar oralig'ida tarkibda amalga oshirilgan o'zgarishlar xususidagi savollar bilan murojaat qilishdi. Bunga Ashurmatov quyidagicha javob qaytardi: “Barchaga malumki, davralar oralig'ida jamoani mahoratli himoyachilardan biri SHukurali Po'latov tark etdi. Aynan ushbu futbolchini ketganligini inobatga olmaganda, jiddiy yo'qotishlar bo'lmadi. Aksincha, raqobatni oshirish maqsadida ayrim chiziqlarga yangi o'yinchilarni taklif etdik. Birinchi navbatda jamoaga to'purar hujumchini jalb etish masalasi turgandi. Ushbu kamchilikni bartaraf etish maqsadida xorijlik bo'lgan ayrim legionerlarni ko'rikdan o'tkazdik. Ular orasidan ukrainalik Ruslan Kachur bilan shartnoma imzoladik. “Buxoro”ga qarshi uchrashuv legionerni tanlashga xatolikka yo'l qo'ymaganligimizni ko'rsatib berdi. Qolgan chiziqlarga jalb etilgan futbolchilarimiz ham o'zlariga bildirilgan ishonchni albatta oqlashadi degan umiddaman”.

Bir qator muxlislar Po'latov “Navbahor”dan ketgach, jamoaga Qahramon Mahammadjonovni qaytarish lozimligi haqida fikrlar bildirishgandi. Huquqiy jihatdan aynan “Navbahor”ga tegishli bo'lgan Mahammadjonovni ortga qaytarish uchun harakat qilinganligini ham Ashurmatov aytib o'tdi:

“Qahramonni ortga qaytarishni rejalashtirgandi. Bu borada uni o'zi bilan ham suhbatlashdik. Unga sog'lom raqobatda yutib chiqib o'zini ko'rsata olsa asosiy tarkibdan joy berilishini aytdik. Yakunda himoyachi o'ylab ko'rib, “SHo'rtan”da qolishga qaror qilganligini bildirdi. Qahramon mavsum ikkinchi yarmida yaxshigina o'yin amaliyotiga ega bo'lgan holda mavsum so'nggida jamoaga qaytib, mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatish orqali asosiy tarkibdan joy olishini malum qildi. Aynan shu sababli, tarkibga so'nggi pallada Akbar Sattaevni qo'shib oldik. Ushbu futbolchini yaxshi bilaman. Qolaversa, Sattaev chin dildan “Navbahor”ga yordam berish niyatida ekanligini aytib, bu borada qanday qiyinchilik bo'lmasin bularni barini engib o'tishga tayyor ekanligini bildirdi. Ishoning Akbar o'z sog'lig'ini xavf ostiga qo'yib bo'lsada, muxlislar ishonchini qozonishga harakat qilishini malum qildi”.

SHu bilan birgalikda, Ashurmatov jamoaga tajribali hujumchilardan biri Ulug'bek Baqoevni ham qo'shib olish rejasi bo'lganligini ham bildirdi:
“Baqoev bilan do'st bo'lganligim bois uni ham “Navbahor” safiga qo'shishni istagandim. SHu maqsadda Ulug'bekni o'zi bilan ham gaplashdim. Lekin, Baqoev faoliyatini boshlagan “Buxoro” jamoasida davom ettirishga qaror qilganligini aytdi. Barchaga malumki, Ulug'bek Buxoro futboli tarbiyalanuvchisi sanaladi. Futbolchi oila azolariga yaqinroq bo'lish va mahalliy muxlislar mehrini qozonish uchun aynan “Buxoro” variantida to'xtalganligini malum qildi”.

Baxtiyor Ashurmatov har doim muxlislar ishonchi va mehrini qozonishni o'z oldiga ustivor vazifa qilib belgilaganligini ham malum qilib, quyidagilarni gapirib o'tdi: “Namanganga kelishimga va “Navbahor”da ish boshlashimga aynan Siz kabi fidoiy muxlislar turtki bo'lganligini yana bir bor takidlab o'tmoqchiman. Futbol o'ynab yurgan paytimda ham murabbiylik sohasiga qadam qo'ygan dastlabki kezlarda va hozir ham asosiy maqsadim doimo muxlislar mehrini va ishonchini qozonish bo'lib kelgan. Bugungi kunda ham aynan shu maqsad yo'lida faoliyat olib bormoqdaman. Ishonamanki, mavsum yakunida barcha o'ylagan rejalarimizni amalga oshirib, ishqibozlarimizni xursand qilamiz. Buning uchun jamoada yig'ilgan barcha futbolchilar va murabbiylar bor kuch va mahoratlarini ishga solishadi”.

SHu bilan birgalikda, uchrashuv davomida yoshlar tarkibidan so'nggi paytlarda iqtidorli yoshlarni etishib chiqmayotganligi ham etirof etilib, Ashurmatovga Madrahimov boshchiligidagi jamoani ham doimiy nazoratda ushlab turishni va lozim bo'lsa murabbiyni almashtirish kerakligi borasidagi takliflarni bildirishdi. Bunga javoban Ashurmatov yoshlar ishtirokidagi barcha o'yinlarni o'yingohda bevosida kuzatishi, agarda ular orasida asosiy tarkibga loyiq o'yinchilar borligini sezgan taqdirda, bosh jamoaga taklif etishini bildirdi.

O'z navbatida muxlislar Baxtiyor Ashurmatovga uzoq yillar davomida “Navbahor”da samarali tarzda faoliyati yuritib, jamoaning ko'plab yutuqlariga hissa qo'shishiga tilak bildirishdi. Ayrim ishqibozlar tomonidan bildirilgan salbiy fikrlarga etibor qaratmay, kamida Fergyusson va Sarkisyanlarning bir klubda ishlash bo'yicha qayd etgan rekordlarini takrorlash nasib etishini aytib, murabbiyga omad va muvaffaqiyatlar tilashdi.

Uchrashuv davomida “Navbahor” futbol klubi vice prezidenti Rasuljon Nizambaev ham so'z olib, ayrim masalalarga oydinlik kiritib o'tdi. Xususan, yangi yildan jamoani o'z qarorgohiga ega bo'lishini malum qildi. Aynan shu maqsadda, “Navbahor” o'yingohi atrofida joylashgan “Sport” mehmonxonasi hamda zaxira o'yingohida shu kunlarda katta tamirlash ishlarini boshlanishini etirof etdi. Sport inshootlarini esa 2015 yilning 1 yanvarida foydalanishga topshirish rejalashtirilganligini bildirdi. SHu bilan birgalikda yaqin vaqt ichida o'yingoh atrofida “Navbahor” futbol klubi akademiyasini ochish rejalashtirilganligini ham muxlislarga aytib o'tdi. Aynan shu orqali, bugungi kunda bir qator iqtidorli futbolchilarni “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Nasaf” va “Mashal” kabi klublar akademiyasiga ketib qolishiga chek qo'yilishini takidladi.

Do'stona ruhda o'tgan uchrashuv chog'ida muxlislar yana bir qator masalalar bo'yicha rahbariyatga murojaat qilib, savollariga javob olishdi. Bu paytga kelib, “Navbahor” jamoasi navbatdagi mashg'ulotni boshlashga ulgurganligi bois ishqibozlar mashg'ulotni ham oxirigacha tomosha qilish imkoniga ega bo'lishdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика