So’nggi yangiliklar

18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2

Baxtiyor Ashurmatov: "Mavsum boshidayoq "Navbahor"ni qiziqarli o'yinlar kutib turibdi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Mavsum boshidayoq "Navbahor"ni qiziqarli o'yinlar kutib turibdi"

Bugun 2016 yilgi oliy liga bahslariga tashlangan qura marosimidan so'ng "Navbahor" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Bugun o'tgan yilgi mavsum yakunlari bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi. Kamchiliklarni yo'qotish borasida kerakli ishlar olib borilishi kerakligi aytib o'tildi.

Quraga kelsak "Navbahor" mavsumni o'z maydonida vice-chempion "Lokomotiv"ga qarshi o'yin bilan boshlaydigan bo'ldi. Bu jamoaning qanday kuchga ekanligini barcha biladi. Ikkinchi turni Farg'onada "Neftchi"ga qarshi o'tkaziladi. Vodiy derbisiga ortiqcha izoh berish shart emas. "Navbahor" muxlislarini chempionatning boshida qiziqarli o'yinlar kutib turibdi. Agar klub asosiy tarkibi saqlab qolinsa va bir qator kuchli futbolchilar xarid qilinsa bu ikki o'yinda ham g'alaba qozonishi mumkin.

Keyingi yil legioner darvozabonlar bo'lmasligi elon qilindi. Menimcha bu to'g'ri qaror. Sababi olimpiya terma jamoasi safidagi hech bir darvozabon bu yil oliy ligada o'ynamadi. Bu Olimpiada yo'llanmasi uchun kurashayotgan jamoaning eng asosiy muammoasi hisoblanadi. Bundan terma jamoalarimiz faqat yutishadi. Bu qarordan so'ng oliy liga klublari mahalliy posbonlarga ko'proq imkoniyat berishadi, yosh darvozabonlar etishib chiqishadi.

O'zimning keyingi taqdirimga kelsak, hozircha deyarli hech narsa malum emas. Jamoada 100 foiz qoldim deya olmayman. "Navbahor" rahbariyati bilan bu borada gaplashib olishim kerak. Aynan o'sha uchrashuvdan so'ng ko'p narsa malum bo'ladi, - deydi Baxtiyor Ashurmatov.

Narzulla Saydullaev

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика