So’nggi yangiliklar

16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  3 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  29 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  0 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  10 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  15

Baxtiyor Ashurmatov: “Mag'lubiyatdan keyin murabbiy aybdor bo'ladi” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Mag'lubiyatdan keyin murabbiy aybdor bo'ladi”

“Buxoro” – “Andijon” uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

- “Buxoro” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Hamma ko'rdi, bugun mezbonlar o'yinda ustunlik qildi. SHu bois ular ishonchli g'alabaga erishdi. Afsuski bizning yigitlar o'yindan oldin berilgan ko'rsatmalarni bajara olmadi. Xatolar evaziga tezkor gollari o'tkazib yubordik. Natijada mag'lubiyatga uchradik – deya gap boshladi Baxtiyor Azamovich.

- Ha, o'tgan yili “Navbahor” jamoasi bilan kelganimda, “Buxoro”ni mag'lub etib qaytgandik. Bilasizmi o'sha paytda “Navbahor” yaxshi kurashchan jamoa sifatida shakllantirish uchun vaqt etarli bo'lgandi. Yuqori bosqichga chiqib borgandik. Hozir esa “Andijon”ni ham shakllantirish uchun vaqt kerak. Bugungi mag'lubiyatdan keyin hech qanday bahona qidirmoqchi emasman. Jamoa mag'lubiyatga uchradi. Demak bunga shaxsan men murabbiy sifatida aybdorman. Balki tarkibni tanlashda xatolik bo'lgandir. Endi yo'l qo'yilgan xatolarni ko'rib chiqib, bu borada ishlaymiz. Jamoani tezroq yuqori saviyaga olib chiqishimiz lozim.   

- “Buxoro” jamoasi haqida esa ishonch bilan ayta olamanki, o'tgan mavsumdagiga nisbatan bu yil tarkibi sezilarli ravishda kuchaygan. Bu borada hozirgi kunda “Buxoro”ni tarkib bo'yicha “Paxtakor” va “Bunyodkor”dan kuchsiz demagan bo'lardim. Ularning oldiga bu yil chempionlar ligasiga chiqish vazifasi qo'yilgan. Bu vazifani ular uddalashi mumkin. CHunki “Buxoro”da tajribali mutaxassis Tachmurod Agamurodovning roli bilinib turibdi. O'yin ham yaxshi shakllangan. SHuning uchun ishonch bilan bemalol ayta olamanki, buxoroliklar shu yilning o'zida etakchi jamoalar qatoriga qo'shiladi.  Ularning “Olmaliq” va “Paxtakor”ga qarshi o'tkazgan o'yinlarini ko'rib chiqqandik. SHunda ular yaxshi taassurot qoldirdi. O'yin borasida ushbu raqiblariga ham etarlicha tashvish tug'dira olgan.

-Bugun mezbonlar kuchli o'ynadi. Lekin yuqorida aytib o'tganimdek, futbolchilarim juda bo'sh o'yin ko'rsatishdi. Bizda ham bir qator golli vaziyatlar sodir bo'ldi. Aytaylik hisob 3:1 ko'rinishda bo'lganida Alisher SHog'ulomovda gol urish uchun imkoniyat bo'lgandi. To'g'risi, hozir alohida bir futbolchini aybdor qilib ko'rsatib o'tmayman. Bugun butun jamoa yomon o'ynadi.  

- Uzoq yo'l bosib kelib, bizni bugungi uchrashuvda stadionda qo'llab-quvvatlab turgan va umuman ashaddiy ishqibozlarimidan mag'lubiyat uchun uzr so'rayman. Eng asosiysi hozirgacha mahalliy muxlislar bizga ishonch bildirishmoqda va qiyin vaziyatdan chiqib ketishimiz uchun qo'llab-quvvatlamoqda. Qolaversa rahbariyat ham bizni qo'llab-quvatlab kelmoqda. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman.

"Andijon" matbuot xizmati

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика