So’nggi yangiliklar

01:46Миллатлар лигаси. Германия, Греция ва Нидерландиядан йирик ғалаба, Украина эса кутилмаганда Албанияга мағлуб бўлди  0 01:23"Реал" жамоадаги захира ўйинчисининг ҳаракатларидан ҳайратда  1 00:55Эмерик Лапорт шу ёзда унга "Реал" қизиққани ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  0 00:22"Реал" Киммихни "Барселона"дан илиб кетмоқчи?  2 23:26"Ливерпуль" бир йилдан сўнг текинга "Байер"нинг асосий ўйинчиларидан бирини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 23:00Миллатлар лигаси. Англия Ирландиядан устун келди, Грузия, Молдова ва Арманистондан ишончли ғалаба  2 22:26FourFourTwo ўз талқинига кўра тарихдаги энг яхши итальян мураббийини эълон қилди  8 21:58Луис де ла Фуэнте "Барселона" футболчисининг жароҳатини маълум қилди  1 21:28Нима?! Серхио Рамос "Реал"га қайтиши мумкин  3 20:48Довбик жароҳат сабаб Украина терма жамоасидан Римга қайтди, "Рома" Шомуродовни кейинги ўйинга қўйиши мумкин  7 20:28Ўткир Юсупов қайтди, Ўзбекистон МТЖ машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  16 19:56Мадрид дербисидан аввал "Атлетико" "Реал"дан 2 кун кам дам олади. Бу Симеоне жамоасига ёқмаяпти  2 19:26Журналист: "Мураббий терма жамоани тарк этиши керак эди, унинг услублари эскирди"  9 18:44Трансфер мувозанати бўйича кўрсаткичларда АПЛ клуби 1,3 млрд евро зарарда экан  1 18:21Кроос Роналдунинг 900та голи ҳақида: "Машғулотларда урган голларимни қўшсам ҳам бунча бўлмайди"  3

Baxtiyor Ashurmatov: “Kerakli ochkolar qo'lga kiritilmasa istefoga chiqishga tayyorman” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Kerakli ochkolar qo'lga kiritilmasa istefoga chiqishga tayyorman”

Qo'qon shahrida bo'lib o'tgan “Neftchi” va “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlangach, “Navbahor” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'zini noqulay sezganligi bois matbuot anjumanida ishtirok eta olmagandi.
Oradan malum vaqt o'tgach, Baxtiyor Azamovich “Neftchi”ga qarshi o'tgan o'yin va boshqa masalalar borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Neftchi bilan bo'lgan o'yindan keyingi o'tkazilgan matbuot anjumaniga kira olmaganim uchun matbuot vakillari va muxlislardan uzr so'rayman. Har doim matbuot vakillariga hurmatda bo'lib kelganman va kecha ham kirmoqchi edim. Lekin, o'yindan keyin juda qattiq ruhiy tushkunlikka tushib qoldim. Matbuot anjumaniga kirganimda “Navbahor” jamoasidan ishdan bo'shash haqidagi fikrga keldim deb aytishim mumkin edi. Jamoa rahbarlari shoshilinch qaror qabul qilmang deyishgani uchun ozgina o'zimga vaqt oldim va matbuot anjumaniga kira olmadim, - deya gap boshladi Ashurmatov.

SHundan so'ng Ashurmatov “Neftchi” bilan bo'lib o'tgan uchrashuv borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
- Avvalom bor Neftchi bilan bo'lgan o'yindagi mag'lubiyat uchun jamoamiz nomidan muxlislarimizdan uzr so'rayman. Muxlislarimiz jamoamizni ajoyib darajada qo'llab-quvvatlab turishdi. Lekin, afsus biz o'yinda muxlislarimiz kutgan natijani ko'rsata olmadik. Jamoamiz uchrashuvga munosib tarzda tayyorgarlik ko'rgandik. Yigitlarga bu o'yin muxlislarimiz va jamoamiz uchun juda ham kerakli o'yin ekanligini takidlab o'tgandim. O'zim ham o'yindan oldin juda tushkun ahvoldaman, uchrashuvdagi g'alaba bilan qaysidir manoda yordam bera olasizlar deb iltimos qilgan edim. Futbolchilarimiz harakat qilishdi. Biroq, bazi futbolchilarimiz o'z imkoniyatlari darajasida o'yin ko'rsata olishmadi. Nimagadir Neftchi jamoasi biz bilan bo'lgan bahslarda o'zining eng yaxshi o'yinini namoyish qilsa, jamoamiz o'z imkoniyatidan past darajada o'yin kursatadi. Rijko “Metallurg” bilan bo'lgan o'yindan keyin uyiga ketib vaqtida etib kela olmaganligi sababli bitta oylik maoshi miqdorida jarimaga tortildi. Agar jamoamiz birinchi davrani o'zidayoq o'z o'yinini tiklab, birinchi davrani kamida oldingi sakkizta o'rindan birida tugatmasa, futbolchilar kelishilgan ko'tarma pulining ikkinchi qismidan mahrum bo'lishadi. Agar jamoa yil yakuniga ko'ra o'tgan yilgi natijani yaxshilamasa mavsum oxirida olishi kerak bulgan ko'tarma pulini olishmaydi. Biz selekciya ishlarini jamoani o'tgan yilgidan kuchliroq qilish niyatida olib bordik. Mavsum oldi yig'inida o'zini yaxshi tomondan ko'rsatgan Georgiev chempionat boshlangach bo'sh o'yin ko'rsatdi. Bobojonov jarohat olgan bo'lsa Mamadaliev esa birinchi turlarda asosiy tarkibga kira olmadi. Xudo xohlasa bu yigitlar va jamoa o'z o'yinini topib oladi va jamoa muxlislari kutgan o'yinni namoyish etishadi.
Jamoa chempionatni muvaffaqiyatli boshlay olmaganligi bois muxlislar jamoaning o'yinidan norozi bo'lishmoqda. Murabbiy ishqibozlarning holatini ham tushunib turganligini bildirib o'tdi: - Muxlislarimizni ham to'g'ri tushunish kerak va ular qachon jamoa o'z o'yinini topar ekan deb kutishni xohlashmaydi. Tezroq jamoada murabbiylar shtabida o'zgarish bo'lishini istashadi. SHularni inobatga olib agar jamoa navbatdagi uchta turda vaziyatni o'nglamasa va kerakli ochkolar qo'lga kiritilmasa istefoga chiqishga tayyorman.

Baxtiyor Ashurmatov “Navbahor” jamoasida ayni paytda yuzaga kelgan muammolar xususida ham fikr yuritdi:
- Jamoadagi muammolar to'g'risida gapirar ekanmiz moliyaviy vaziyat to'g'risida ham to'xtalib o'tish lozim. Yil boshida jamoaga avtobus olinadi deb vada berilgandi. Lekin, avtobusdan darak yuk. “Neftchi bilan bo'lgan o'yinga jamoa azolari bilan engil mashinalarda o'yingohga kirib kelar ekanmiz, o'yingoh oldida turgan Neftchining avtobusini ko'rib havasimiz keldi. Jamoa futbolchilari va xodimlari dekabr oyidan beri oylik olishgani yo'q. Yaxshiyam o'tgan yili yordam qo'lini cho'zgan homiyimiz ko'mak berib turibdi. Ularning yordamida futbolchilarga vada qilingan ko'tarma pullarining birinchi qismini berdik. Lekin, murabbiylar shtabi vakillari va boshqa xodimlar to'rt oydan beri oylik olishgani yuk. Yigitlarga ham bir tomondan qoyil qolish kerak. Futbolchilar shu paytga pul bo'ladi degani uchun birorta jamoa rahbariga pul qachon bo'ladi degan savolni berishgani yo'q. Qolmishiga yo'q oylikni futbolchini intizomni buzgani uchun jarimaga tortamiz. Buni aybdor bo'lganligi sababli to'g'ri qabul qiladi. To'g'ri viloyat hokimligi yordam berishga harakat qilmoqda. Lekin, jamoa o'z avtobusi va qarorgohiga ega bo'lmaganligi sababli, jamoa butun yil davomida xoh Namanganda, xoh Toshkentda bo'lsin mehmonxonalarga pul to'lab yashamoqda. SHu bilan birgalikda avtobuslar ham ijaraga olinmoqda. Bu esa ortiqcha sarf xarajatni talab qiladi. Yaxshiyam klub direktori G'anisher aka Ismoilov mehnatkash va futbolga jonkuyar inson. Bu inson mablag' yo'q paytda ham jamoaga sharoit yaratib bermoqda. Keyin klub hisob raqamiga mablag' tushsa qarzlarni to'lash bilan mashg'ul bo'lamiz. Viloyat homiylari o'tgan yil hisobidan klubga berishlari lozim bo'lgan homiylik mablag'ini berishmani uchun biz futbolchilar oldidagi qarzdorlikni “Kito Internacional” bu yil uchun berishi kerak bo'lgan mablag' hisobiga yopdik. Rostini aytsam jamoa bilan niyatlarim katta edi. Biz ishlagan paytda jamoa o'z avtobusiga ega bo'ladi, jamoa bazasi futbolchilar ixtiyoriga topshiriladi. SHu bilan birgalikda mashg'ulot o'tkazish uchun zaxira maydoni tamirdan chiqariladi deb o'ylagandim. Namanganda muxlislar futbolni sevishini etiborga olib Federaciyamiz rahbarlari yordam qo'lini cho'zib, “Navbahor”ga homiy topib berishdi. Jamoa bazasini va zaxira o'yingohini tamirlash uchun ketadigan mablag'ning yarmiga yordamlashamiz deyishdi. Lekin, baza va zaxira o'yingohi Namanganga kerak emas shekilli. Boshlangan ish boshlanmasdan ham to'xtab qoldi. Agarda viloyat rahbarlari ozgina harakat qilishganida Namangan futbolining kelajak avlodiga avtobus, futbolchilar uchun baza, mashg'ulot o'tkazishlari uchun zaxira maydoni qolardi. O'z navbatida bu ishlar kelajak avlodning sog'lom muhitda kamol topishlariga turtki bo'lardi. “Navbahor” jamoasini etakchi klublar qatoriga kirishida mustahkam poydevor vazifasini o'tab berardi. Fikrimcha bu ishlar Namangandagi faoliyatimga to'g'ri kelmasa kerak. CHunki yaqin turlarda jamoa ijobiy natijalarga erishmasa istefoga chiqaman. Bu muammolarni jamoani muvaffaqiyatsiz ishtirokini oqlash uchun emas, balki haqiqat gapirilsa shu masalalar o'z echimini topar degan maqsadda aytyapman. Hozir o'rnimga ko'z tikib turgan mutaxassislar, ishdan ketishimi xohlayotgan muxlislar bor. Agar ishdan ketishim to'g'ri qaror bo'lganida yil boshidayoq bu masala ko'rib chiqilgandi. SHu sababli aniq aytishim mumkinki, o'rnimga keladigan murabbiyga oson bo'lmaydi. To'rt oylab oylik olmagan jamoada tartib-intizomni saqlab turish, yigitlarni o'yinga tayyorlash, hozir jamoada hukm surayotgan ajoyib muhitni saqlab turish hech qaysi murabbiyga oson bo'lmaydi. Ayni paytda jamoada yuqori vazifalarni bajara oladigan ajoyib yigitlar yig'ilishgan. Jamoa mavsum boshidagi muvaffaqiyatsiz o'yinlardan keyin ruhiy tushkunlikka tushib qolgan. Yigitlar bu vaziyatni tezroq engib o'tishsa albatta yaxshi natijalarga erishiladi. O'zim ham shunday vaziyatdaman. Agar muxlislar va jamoa rahbarlari hoziroq murabbiylarni almashtiradigan payt keldi va kutishga xojat yo'q degan fikrga kelishsa ertagayoq istefo masalasi bo'yicha rahbarlar bilan ko'rishib bu masalani muhokama qilishga tayyorman. Muxlislarga esa xudo xohlasa suyukli jamoalarining chiroyli o'yinlari hali oldinda deb qolaman. Muxlislar doimo sog' bo'lishsin.

Ashurmatov “Neftchi”ga qarshi o'tgan o'yinni boshqargan nafaqat mamlakatimizning balki jahonning ham eng yaxshi hakamlaridan biri Ravshan Ermatov xususida ham so'z yuritdi:
- “Neftchi” bilan bo'lgan o'yindagi hakamlik to'g'risida to'xtalib o'tishni istardim. Ravshan Ermatov uchrashuvni ajoyib darajada, professionallarga xos tarzda o'tkazdi. Odilona va xolis hakamlik uchun jamoa nomidan hakamlarga tashakkur aytaman. Bunday hakamlik o'yinlarni bezaydi va chempionatga o'zgacha shukh bag'ishlaydi. Boshqa hakamlar ham o'yinlarni shunday odilona boshqarishsa chempionatimiz yanada kuchayib boradi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика