So’nggi yangiliklar

11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  4 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   2 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  13 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  6

Baxtiyor Ashurmatov: “Hozirgi futbolda "championat.asia"ning roli katta” (video) Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Hozirgi futbolda "championat.asia"ning roli katta” (video)

Murabbiy Baxtiyor Ashurmatovning shou-tadbirga kelgani bizni juda xursand qildi.
Baxtiyor aka maydon chetida murabbiylik qilib tursa deb o'ylagandik. Biroq o'zi ham maydonga tugibyoshlar bilan tengma-teng to'p surdi. Bir so'z bilan aytganda, o'z jamoasining himoya qo'rg'oni bo'ldi. Baxtiyor Ashurmatov saytimizning uch yoshga to'lgani bilan qizg'in tabrikladi.

- Avvalo championat.asia saytining 3 yoshga kirgani bilan tabriklayman. Mana bugun ob-havo yomg'irli bo'lsa-da, ko'plar futbolchilar va muxlislar saytga o'z hurmatlarini namoyish etgan holda shou-tadbirga kelishdi. Buning uchun tashrif buyurganlarning hammasiga rahmat aytmoqchiman. championat.asia yurtimizdagi eng ilg'or futbol sayti hisoblanadi. Menga ayniqsa, saytning o'zbek futboli haqidagi xabarlarni tezkorlik bilan o'quvchilarga etkazishi yoqadi. Hozir axborot asrida yashayotgan ekanmiz, futbol yangiliklaridan tez xabardor bo'lishga barchamiz qiziqamiz. Buning uchun championat.asia katta hajmdagi ishni bajarmoqda va xabar-yangiliklarni imkon qadar o'z vaqtida muxlislarga etkazmoqda.

-  Malumki, siz katta futbolga kirib kelgan yillarda internet unchalik faol emasdi, odamlar asosan gazeta o'qishardi. Lekin bugungi futbolda saytlarning, xususan championat.asianing roli qanday deb o'ylaysiz?

-  championat.asia saytining roli katta deb o'ylayman. SHaxsan o'zim ham eng ko'p shu saytga kiraman va ko'proq oliy liga o'yinlaridan keyingi berib boriladigan murabbiylarning fikrini o'qib turaman. Futbol ichida faoliyat olib borar ekanmiz, har bir futbolchi va murabbiyning aytgan gapi barchamizga qiziq tuyuladi. Agar futbolchi va muxlislar o'rtasida mana shunday shou-tadbirlar ko'proq tashkil qilinsa, o'ylaymanki, bu ham mamlakatda futbolning ommaviylashishiga turtki bo'ladi.



Operator: Ilhom Rahmatov
Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика