So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  2 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Baxtiyor Ashurmatov: “G'alabamizda muxlislarimizni hissasi katta” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “G'alabamizda muxlislarimizni hissasi katta”

“Navbahor” – “Buxoro” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

- Qo'qonda qo'lga kiritilgan g'alaba yigitlarda o'zlariga bo'lgan ishoch qaytgandek bo'ldi. Muxlislarimizda ishonchni oqlash harakatida bo'ldik. Raqib himoyaviy usulni tanlaganligi bois himoyachilarimiz ayrim vaziyatlarda to'pni bir-birlariga uzatib, “Buxoro” futbolchilarini oldinga chiqishlarini kutishdi. Barchaga malumki ishqibozlarimiz ancha talabchan sanalishadi. Yani ularga ko'proq kekin kurashlar va to'pni tezroq raqib darvozasi oldiga oshirish orqali xavfli hujumlarni tashkil etish kerak bo'ladi. Yana ham aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, muxlislarimiz himoyaviy tarzda harakat qilishimizga qo'yishmaydi. Bu hol ayniqsa o'z maydonimizdagi uchrashuvlarda ko'zga tashlanadi. SHu sababli, hujumkor o'yin ko'rsatishimiz va muxlislarni xursand qilishimiz kerak. Fursatdan foydalanib, ishqibozlarimizga qo'llab-quvvatlashgani uchun rahmat aytgan bo'lardim. Raqib jamoa azolari darvozamizga gol urishgach, “Buxoro” jamoasini ham qo'llashdi. Bu vaziyatdan so'ng tushkun holatga tushib qolishimga ham oz qoldi. O'z navbatida aynan shu jihat futbolchilarimizga qo'shimcha kuch bag'ishladi. CHunki biz o'z maydonimizda yutqizishga haqqimiz yo'q edi. Yani ishqibozlarimiz uylariga xafa bo'lgan holda ketmasliklari kerak edi. Rostini aytganda o'yinni o'zimiz kutgan darajada boshlay olmadik. Biroz bo'sh boshlashimiz oqibatida o'z darvozamizdan birinchi bo'lib to'p olib chiqishga majbur bo'ldik. Muxlislarimiz etiroz bildira boshlashganidan keyin o'yinimizni kuchaytirishga erishdik. Natijada ijobiy natijani qo'lga kiritdik. Ushbu g'alabada muxlislarimizni hissasi katta bo'lganligini ham alohida etirof etgan bo'lardim. Amalga oshirilgan o'zgarishlar xususida gap ketganida, zaxiradan safga qo'shilgan Sanat SHixov o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata oldi. Bunga misol tariqasida SHixovni penalti ishlaganligini va bir vaziyatda darvoza to'sinini nishonga olganligini aytib o'tish joiz. Umuman olganda qolgan vaziyatlarda ham munosib tarzda harakat qilib g'alabaga munosib ulush qo'shdi. Mamazulumovga kelsak u ancha vaqtdan berish o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgandi. SHu sababli unga bu safar imkon berdik. Ushbu hujumchimizning harakatlariga ham ijobiy baho berish mumkin. Agarda u gol ura olganida, ko'pchilikni fikri boshqacha bo'lardi. “Buxoro” jamoasi futbolchilari kamchilikda qolishgan bo'lsada, to'pni nazorat qilish borasida malum bir ustunliklarga ega bo'lishdi. Aynan shu sababli, Mamadalievni maydonga tushirdik. Qolaversa, Ahmedovda sariq kartochka borligini inobatga ham olib, Azimni almashtirishga qaror qildik.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика