So’nggi yangiliklar

14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  8 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0

Baxtiyor Ashurmatov: Darvozabon bo'lsa sizlar topib beringlar Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: Darvozabon bo'lsa sizlar topib beringlar

Kecha "Navbahor" O'zbekistonning 23 yoshgacha bo'lgan terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o'tkazib yirik 1:5 hisobida dog'da qoldi.
Uchrashuvdan avvalroq Baxtiyor Ashurmatov bilan bog'lanib, ayrim savollar bilan murojaat qildim.

Keling, undan avval kechagi o'yin haqida ikki og'iz to'xtalib o'tsam. Barcha bildiki, jamoamiz u qadar kuchli bo'lmagan terma jamoa tomonidan yanchib tashlandi. Hayratlanarlisi shundaki, yig'ilganiga 3 kun bo'lgan yangi terma jamoamiz qariyb 20 kundan beri jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan jamoani yirik hisobda etdi, zo'r-a? Lekin masalaning yana ayrim tomonlari borki, mag'lubiyat qaysidir manoda o'rinlidek, tuyuladi. Xususan, kechagi o'yindan bir kun avval ham Navbahor o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazgandi. Balki o'yinchilar jismonan tiklana olishmagandir? SHuningdek, Ashurmatovning jamoa bilan birga emasligi o'yinga tasir qilayotgandir? Har holda, uning yordamchilari yuqori saviyadagi murabbiylar emas. Ammo nima bo'lgan taqdirda ham termaning yosh tarkibi Navbahorni bunchalik osonlik bilan mag'lub etmasligi lozim edi.


- Baxtiyor aka, muxlislarimizni birinchi galda tarkibdagi o'zgarishlar qiziqtiradi. SHu haqda to'xtalib o'tsangiz.
- Xabaringiz bo'lsa kerak, safimizga Dilshod Jabborov, Alisher Samatov, Bobur Akbarov, Akbar Sattaev, Ruslan Kachur va Aleksandr Kablashlar qo'shildi. Yuqoridagi uch o'yinchi bilan bitim tuzilgan bo'lsa, qolganlar ko'rikda. Hozircha ularning taqdiri nomalum. Legionerlar mahalliy o'yinchilardan ustun sanalsagina, ular jamoada qolishadi.

- Tarkibga yangi o'yinchilar qo'shilishi mumkinmi?
- Biz tarkibda ko'rishni istagan futbolchilar o'z jamoalari bilan shartnomaga egalar. O'z navbatida hech kimga kerak bo'lmagan futbolchilar bizga ham kerak emas.

- Ayni paytda terma jamoa bilan birgamisiz yoki Navbahor yig'inida ham ishtirok etyapsizmi?
- Ayni damda terma jamoa ixtiyoridaman. Navbahorda esa mashg'ulotlarni yordamchilarim - Zohid Nurmatov, Mustafo Bayramov va Sergey Zaxareckiylar olib borishmoqda. Terma jamoaning yig'ini 29 iyul kuni nihoyasiga etadi. SHundan so'ng, jamoamga qaytaman.

- Muxlislarimiz jamoaga yangi darvozabon kelishini istashmoqda

- Yuqorida aytganimdek, biz xohlagan o'yinchilarning o'z jamoalari bilan kelishuvlari bor. Timur Jo'raev Lokomotiv bilan birga bo'lsa, Murod Zuhurov Bunyodkorda. Darvozabon bo'lsa, sizlar topib beringlar...



Ulug'bek ABDULLAEV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика