So’nggi yangiliklar

22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  12 21:30Алдаётган Рафинья, ўйлаётган Берналь ва бошқалар - "Барселона" машғулотидан фотомақола  3 20:55U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди  116 20:31Абдуҳолиқов, Зотеев, Нуруллоев ва бошқалар: "Локомотив" машғулотидан суратлар  4 20:14Туркия Суперкубоги. "Галатасарой" - "Фенербаҳче" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 19:53Беларусь чемпионатининг иккинчи тўпурари Тошкент жамоасига ўтиши керак эди  0 19:21Англия Кубоги. Амалдаги ғолиб 6-лига вакилига мағлуб бўлди, "бўрилар"дан ғалаба  0 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  2 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   2 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  5 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  11 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  2 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  5 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  6

Baxtiyor Ashurmatov: "CHempionatimiz ikkiga bo'lingandek!" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "CHempionatimiz ikkiga bo'lingandek!"

“Nasaf”-“Navbahor” uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov jurnalistlar savollariga javob berib o'tdi.
-   “Nasaf” o'z maydonida chiroyli va ishonchli o'yin namoyish qilishini bilganligim sababli bugun himoyaviy taktika tanlashga majbur edim. Yigitlar oxirigacha kurashdi, ularga etirozim yo'q. Bugungidek o'yinlar chempionatni bezaydi, deb ayta olaman.

-   Bugun ko'p bora futbolchilaringiz o'yinni cho'zishga harakat qilishdi. O'zingiz shunday ko'rsatma berganmidingiz?

-   Men hech qachon shogirdlarimga yotvolib o'yinni cho'zinglar, deb ko'rsatma bermayman. Bugungi havo dim, qolaversa futbolchilarimiz “Nasaf”ning shiddatli hujumlariga dosh bera olishmadi. Masalan, Azim Ahmedovni oladigan bo'lsak, u terma jamoadan toliqib qaytgandi, maydonda o'zini noxush his qildi.

-  Kachurni boshlang'ich tarkibda ko'rmadik?

-  U “Neftchi” bilan uchrashuvda kichik jarohat olgandi.

-  Bugungi hakamlik haqida fikringiz?

-   Men “Neftchi” bilan o'yinda ikkinchi bo'limni tribunada o'tkazdim. Bu men uchun juda og'ir bo'ldi. SHu sababli bugun har qanday vaziyatda ham o'zimni bosishga harakat qildim. Men hakamlar haqida hech narsa demayman. Ularni nazorat qiluvchi tashkilot bor. Hakamlarga xudodan insof so'rayman. Agar hakamlar adolatli bo'lishsa, adolatli hakamlik o'zbek futbolining o'sishida asosiy omil bo'lardi.

-  Homiylarning yordami to'g'risida fikringiz?

-  Homiyimiz jamoaga beminnat yordamini ayamayapti. 2012-13 yillardagi jamoa qarzlaridan to'la qutildik. Ularga katta rahmat aytmoqchiman. Qolaversa, futbolchilarimizning jamoaga nisbatan ishonchi ortmoqda. Futbolchilar bilan shartnomalarimiz shunchaki qog'ozda qolib ketayotgani yo'q.

-  Jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilgan?

-   CHempionatimiz ikkiga bo'lingandek, go'yo! Dastlabki to'rt jamoa alohida chempionat, qolgan jamoalar esa boshqa bir chempionatdek! 5-6 o'rin uchun kurashamiz. Eng muhimi jamoaga fundament qo'yilmoqda. Agar muxlislar va homiyimizning ishonchini yo'qotmasak, kelgusi mavsumdan yuqoriroq marralarni ko'zlaymiz.

Olim TOLIPOV yozib oldi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика