So’nggi yangiliklar

00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  16 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  1 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  13 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  20 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   12 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  7

Baxtiyor Ashurmatov: Bunday iqlim sharoitida 90 daqiqa hujum qilib bo'lmaydi Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: Bunday iqlim sharoitida 90 daqiqa hujum qilib bo'lmaydi

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov Hindistonga qarshi o'yindan so'ng g'alaba uchun uchrashuvning so'nggi daqiqalarigacha kurashgan shogirdlaridan minnatdor ekanini aytdi.
Avvalo g'alaba uchun butun jamoaga, g'alaba uchun o'yinning so'nggi daqiqalarigacha kurashgan futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Birinchi bo'lim ancha og'ir kechdi, ammo ikkinchi bo'limda futbolchilar o'zlariga kelishdi va muhim g'alabani qo'lga kiritdik, - deydi Ashurmatov.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi shuningdek Hindiston terma jamoasini kuchsiz raqib emasligini va ularning safida yaxshi futbolchilar bor ekanini qo'shimcha qildi.

Hindiston kuchsiz raqib emas. O'yindan oldin ham aytgan edim. Hindiston futboli ancha o'sishga erishgan. Bugun ular ancha tartibli o'yin namoyish etishdi. Ammo, futbolda, ayniqsa bunday iqlim sharoitida tinimsiz hujum qilish ham, himoyalanish ham qiyin. Ular o'yin oxirida xato qilishdi va biz bundan foydalandik.

O'yindan oldin bugun qiyin bo'lishini shogirdlarimga aytgan edim. Tanaffus paytida esa ularga ikkinchi bo'limda yanada bosimni oshirish kerakligini aytdim. Ular ikkinchi bo'limda ishonchni oqlashdi va oxirigacha kurashishdi. Buning uchun ularga yana bir marta o'zim va murabbiylar shtabi nomidan rahmat aytaman, - deya qo'shimcha qildi murabbiy.

Bugun o'yin davomida stadionda bir qancha mahalliy muxlislar O'zbekistonga muxlislik qilishdi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi bu holat uchun ularga ham alohida minnatdorchilik bildirdi.

O'yin davomida stadionda bir qancha mahalliy muxlislar bizni qo'llab-quvvatlab turishdi. Bu biz uchun kutilmagan sovg'a bo'ldi. Ularga rahmat. Bizning terma jamoamiz birinchi navbatda muxlislar uchun o'ynaydi. Bizning niyatimiz O'zbekistonda bizga muxlislik qilayotgan barchaga xursandchilik ulashish va ularga manzur bo'ladigan o'yin namoyish etish.

Bugungi o'yinda ilk golga mualliflik qilgan Igor Sergeevni esa mahalliy jurnalistlar kelajakda Maksim SHackixning o'rnini bosa oladigan hujumchi bo'la olishi mumkinligi aytishdi va murabbiydan bu haqdagi fikrini so'rashdi.

Igor juda mehnatkash yigit. U mashg'ulotlarda ham juda ko'p ter to'kadi va o'z ustida ko'p ishlaydi. Agar o'z ustida ishlashda davom etsa, kelajakda albatta Maksim SHackix kabi O'zbekistonning eng kuchli hujumchilaridan biri bo'la oladi, - dedi Ashurmatov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика