So’nggi yangiliklar

08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0 07:30"Нефтчи" мураббийи клубни тарк этди   0 01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  11 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  6 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  81 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugun chempionatdagi eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazdik" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugun chempionatdagi eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazdik"

Coca-Cola Superliga 21-tur doirasidagi "Qo'qon-1912" – "Paxtakor" uchrashuvidan keyingi matubot anjumanining ikkkinchi qismida qo'qonliklar ustozi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.




- Avvalambor, bugungi bayram bilan barcha ustoz va murabbiylarni tabriklayman. SHu qatorda mening birinchi ustozim Bahrom Hakimovni ham bugungi ayyom bilan qutlayman. SHuningdek, murabbiylik sohasidagi ustozlarim Mirjalol Qosimov, Aleksandr Volkov, Tachmurod Agamurodov va barcha ustozlarimni tabriklayman. Bugungi g'alaba yigitlar tomonidan bizga sovg'a bo'ldi, deyishim mumkin. O'yin muxlislar kutganidek shiddatli bo'ldi. Biz “Paxtakor”ni  katta hoxish,ishtiyoq va  oxirigacha kurashish hisobiga yutishimiz mumkinligi bilardik va ular bu vazifani to'liq bajarishdi. Bugun chempionatdagi eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazdik. Bugun haqqoniy g'alabaga erishdik. Rahbariyat va muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'ldi.

Hisob tenglashgach, o'yinda burilish bo'lishi mumkin edi. Lekin yigitlar o'zlarida kuch topa olishdi va ikkita gol kiritib, muhim g'alabaga erishishdi. Buning uchun futbolchilarga rahmat aytgan bo'lardim. SHuningdek, bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga ham minnatdorchilik bildiraman.

4-2 hisobida g'alaba qozonganingda hakamlik haqida gapirish menimcha noto'g'ri bo'ladi. Bugun hakam qaysidir jamoaga yon bosdi, demagan bo'lardim. O'yin tempiga hakamlik mos bo'ldi. Ikki jamoa ishtirokida chiroyili o'yin bo'ldi. SHunday o'yin uchun raqiblarimizga ham rahmat aytaman va keying o'yinlarda omad tilab qolaman.

Uchrashuv oldidan shogirdlarimga bugun tarixiy g'alabaga erishimiz mumkinligini takidlagan edik. CHunki Qo'qon jamoasi  O'zbekiston chempionatlarida "Paxtakor"ni oxirgi marta bundan 18 yil oldin yutgan ekan. Juda ham muhim o'yin edi. 

Tarkib borasida qaraydigan bo'lsak, hozirgi o'rnimiz bizga mos emas. SHunday ekan qolgan bahslarda jangovar o'yin ko'rsatishimiz lozim. “Andijon” va “Mashal”ga qarshi bahslarda yo'qotilgan ochkolarni o'rini qoplashimiz kerak edi. Bugun buning uddasidan chiqdik.

Bugun tarkib tanlashda ham adashmapmiz. Boshlang'ich tarkibda maydonga tushirgan futbolchilarimiz ham zahiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilarimiz ham juda yaxshi saviyadagi futbol namoyish qilishdi. Bugun qaysidir futbolchimizni maydonga tushirolmagan bo'lsam ulardan uzr so'rayman. SHohnazar Norbekovni 2-bo'limda almashtirmoqchi edik. Biroq Norbekov bugungi o'yinda juda katta xajmdagi ishni bajarib berdi. U o'yin oxirigacha raqib himoyachilarini katta tahlikada ushlab turdi. Bekmurodov hali jarohatidan to'liq qutilmagan bo'lsada bugun bizga katta yordam berdi. Jamoamiz etakchilari Murod Holmuhammedov hamda Aleksandr Merzlyakovlarni maydonga qaytganligi ham bizni xursand qildi. Xolmuhammedov maydonda haqiqiy etakchilarga xos harakat qildi. Ayniqsa standart vaziyatlarda Murodjonni foydasi katta tegadi, deydi Ashurmatov.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика