So’nggi yangiliklar

08:35Бу йил меҳмонда ғалаба қозонмаган жамоани биласизми? "Сўғдиёна" чемпион, "Насаф" ва "Пахтакор" учликда   0 08:05"Нефтчи" сўнгги маротаба Фарғонада қачон 3 та гол ўтказган эди?  0 07:35Про лига. Бугун "Дўстлик" Ғузорда, "Қўқон-1912" Нукусда меҳмон бўлади  0 01:55PFA АПЛ мавсум жамоасини тақдим этди  5 01:30PFA АПЛнинг ўтган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси номини эълон қилди  6 01:23Кутилмаган хабар! Салоҳ "Ливерпуль"дан кетади  2 00:51"Барселона" шов-шувли трансферни амалга ошириши мумкин, у Италия терма жамоаси юлдузи  7 00:20Эшитдик-да! Алишер Одилов легионерга айланиш арафасида, йўналиш БААдан Европа томонга қараб ўзгарди  5 00:04Денис Коростиченко: "Ғалаба қозонишимиз учун бир деталь етишмаяпти, холос. Алишер Одилов БАА клубига кўчиб ўтмоқда"  1 23:48Рўзиқул Бердиев: "Ҳужумда агрессия етишмади. Чемпионат ҳали-бери тугамайди, чемпионлик ҳақида гапиришга эрта"  4 23:33Сергей Арсланов: "Нефтчи" футболчиларига саволим бор..."  12 23:04"Атлетико" 42 млн евролик харидини чоршанба куни "Метрополитано"да тақдим этади  0 22:40Суперлига. "Олимпик" - "Насаф", Абдихолиқовнинг голида қоида бузилган эдими?  10 22:31Иван Бошкович: "Бир-икки йил катта футболда ўйнаган футболчини ёш деб бўлмайди"  12 22:01Суперлига. "Насаф" "Олимпик" майдонида ғалабага эришиб, турнир жадвалидаги пешқадамлигини мустаҳкамлади  55

Baxtiyor Ashurmatov: "Bu uchrashuvda menga biroz noqulay bo'ldi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Bu uchrashuvda menga biroz noqulay bo'ldi"

Kecha JAR stadionida 1991, 1992 hamda 1993 yillarda tug'ilgan o'yinchilardan iborat Osiyo o'yinlariga boradigan terma jamoamiz "Navbahor" bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Bellashuvdan so'ng O'zbekiston terma jamoasi yordamchi murabbiyi, shu bilan birga "Navbahor" bosh murabbiyi hisoblangan Baxtiyor Ashurmatovni suhbatga chorladik.

- Ochig'i, bu uchrashuvda menga biroz noqulay bo'ldi. CHunki, har ikkala jamoada ham faoliyat olib boraman. SHuning uchun ham 90 daqiqa davomida maydonda hech kim jarohat olmasligiga umid qilib o'tirdim. Agar “Navbahor” boshqa jamoa bilan bellashganda yigitlarga yakka kurashlarda umuman yutqazmaslik uchun “qattiqroq” o'ynashlarini talab qilgan bo'lardim.

Bu “Navbahor” uchun kerakli bahs bo'ldi. Mag'lubiyatga qandaydir vaziyatlarni baxona qilib keltirmoqchi emasman. To'g'ri, ikkinchi bo'limda butunlay boshqa tarkib tushgani ham o'yinga biroz tasir qildi. Terma jamoa bilan o'rtoqlik o'yinida “Navbahor” tarkibida jami bo'lib 23 nafar futbolchi maydonga tushdi, legionerlarning harakatlarini ham kuzatdik.

Umumiy olganda o'yin tomoshabop bo'ldi, stadionga kelganlar ham zerikib qolishmadi. Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida kechdi, ikkinchi bo'lim esa terma jamoa ustunligida o'tdi. Terma jamoada o'z yoshidagi eng yaxshilar saralab olinganini ham unutmaslik lozim.

Terma jamoa murabbiylaridan biri sifatida g'alabadan hursand bo'lgan bo'lsam, “Navbahor” bosh murabbiyi sifatida jamoam mag'lubiyatidan kayfiyatim tushib ketdi. Bu o'yin jamoamiz uchun hali ko'p ish qilishimiz va o'z ustimizda to'xtovsiz ishlashimiz kerakligini ko'rsatib berdi, - deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Ashurmatov.

- “Navbahor” tarkibida harakat qilgan ukrainalik ikki legioner Kablash hamda Kachurning klubdagi kelajagi nima bo'ladi?
- Rostini aytsam menda Kachur yaxshiroq taassurot qoldirmoqda. Legioner hujumchi maxalliy o'yinchilarimizdan ustun bo'lishi kerak. Agentlik qiluvchi do'stlarim bir nechta xorijlik hujumchilarni tavsiya etishdi, lekin ularning narxi qimmatligi uchun ham jamoaga olib kela olmaymiz. Ikkinchi davrada katta pul sarflab, keyin qiynalib qolishni istamaymiz. Bir so'z bilan aytganda bir kun bilan yashamoqchi emasmiz. SHaxboz Erkinov jarohat olgan, Abdumalik Abdullaev esa tibbiy ko'rikdan o'ta olmadi. SHuning uchun ham hozir hujumchi izlayapmiz. Abdumalik davolanmoqda, chempionat o'yinlari boshlanishidan oldin yana bir marta tibbiy ko'rikdan o'tadi va shifokorlar ruxsat berishsa, ikkinchi davrada o'ynaydi. SHu kunlarda esa davolanayotganligi bois mashg'ulotlarda ishtirok etmayapti. Bu hujumchining ikkinchi davraning boshlanishiga tayyor bo'la olmasligini bildiradi. SHuning uchun ham ko'p ehtimol bilan legionerlardan biri olib qolamiz.

- “Navbahor” mashg'ulotlarida qatnashyapsizmi?
- Terma jamoada Mirjalol Qosimovga yordam berayotganligim uchun klub mashg'ulotlarida ishtirok eta olmayapman. CHunki, mashg'ulotlar bir vaqtda o'tkaziladi. Yordamchilarim Zoxid Nurmatov, Mustafo Bayramov va Zaxareckiylar yigitlarni ikkinchi davraga tayyorlashmoqda. Men telefon orqali ayrim ko'rsatmalarni berib borayapman.


Tolibjon Qosimov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика