So’nggi yangiliklar

17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  12 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  3 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  9 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4

Baxtiyor Ashurmatov: "Bu biz uchun og'ir zarba bo'ldi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Bu biz uchun og'ir zarba bo'ldi"

O'zbekiston Coca-Cola kubogi muslbaqasining guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Qo'qon-1912" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

- Gapning ochig'i "Metallurg" bizning jamoa uchun juda ham noqulay raqib hisoblanadi. Ikki yildan buyon ularni yuta olmaymiz. Bugungi o'yinda goldan gapning ochig'i 3 ta hujumchi bilan o'ynay boshladik. Biz hujumga berilib ketganligimiz tufayli raqibda bo'sh xududlar paydo bo'ldi. Bizni xatto durang ham qoniqtirmas edi. Bugun xatolar bo'ldi, nafaqat bugungi o'yinda, balki 1-turda "Yangier" bilan o'yinda bizda xatolar boshlangan edi. Murabbiy sifatida aytaman, bir o'yinni o'tkazmasdan turib keyingi o'yinni o'ylamaslik kerak. Rotaciya o'z yo'liga, lekin natija eng muhimi. Ochkolar o'rnini to'ldira olmadik. "Metallurg" jamoasi Jasur Abduraimov qo'l ostida faol o'yin namoyish etmoqda, raqibni g'alaba bilan tabriklayman.

- Taqvim jamoangizga noqulay keldimi?


- Taqvim noqulay keldi deb aytsam yana fikrlar bildirilishi mumkin. Bitta Superliga jamoasi Birinchi liga yoki Pro-liga jamoasi bilan o'ynadi. "So'g'diyona", "Bunyodkor" va "Nasaf" jamoalari joylashgan guruhni “o'lim" guruhi deyildi. Lekin bu guruhda yaqqol autsayder bor edi. Eng qiyin guruh bizda edi. "Yangier" jamoasi ham juda yaxshi o'ynab turnirni tark etdi. Taqvim bo'yicha etirozim yo'q. Hayot davom etadi, bu biz uchun og'ir zarba bo'ldi. Oldinda bizni qiyin va murakkab o'yinlar kutib turibdi.

- Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar deyarli maydonda ko'rinishmadi...

- Hamidullo Abduhamidov 5 oy davomida futbol o'ynamadi. U "Mashal"ga qarshi o'yindan so'ng 45 daqiqa ham o'ynashga tayyor emas. Lekin o'tgan o'yindagi mahorati sabab o'yinga qo'ydik. Jamoa yutqazdimi, bunga murabbiylar shtabi aybdor.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика