So’nggi yangiliklar

14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  4 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  1 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  28 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  25 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0

Baxtiyor Ashurmatov: “Bizning hujumchidek futbolchilar O'zbekistonda juda kam” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Bizning hujumchidek futbolchilar O'zbekistonda juda kam”

Superliga 4-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Buxoro” jamoasi ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

- Bugungi o'yin har ikki jamoa uchun ham muhim edi. CHunki bu jamoalar ushbu tur oldidan kam ochko jamg'arishgandi. Qo'qonliklar oldingi turda AGMKga yutqazib qo'yishdi. Biz ham o'z maydonimizda “Qizilqum”ni mag'lubiyatga uchrata olmagandik.

O'yin oldidan yigitlarga takidlagandim, bugun faqat g'alaba qozonishimiz lozimligini. Yuzimiz yorug' bo'ldi. SHogirdlarimning birinchi bo'limdagi o'yinlari ancha mazmunli bo'ldi. Ular o'z oldilariga qo'ygan vazifalarni yaxshi bajarishdi. Qo'qonliklar esa ikkinchi bo'limni juda chiroyli o'yin ko'rsatishdi. Yuzaga kelgan ko'plab vaziyatlardan foydalana olishmadi. Omad biz tomonda bo'ldi.

O'zim Qo'qonlik bo'lganim uchun “Qo'qon-1912” jamoasiga befarq emasman. O'zim boshqarayotgan jamoadan tashqari boshqa o'yinlarda ularga muxlislik qilaman. Hali bu jamoa o'z so'zini aytishiga ishonaman. Buxorodan kelib bizni bevosita stadionda qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman.

Ivan Nagaev juda ham tezkor hujumchi, bu kabi o'yinchilar O'zbekistonda juda kam. U jarohati bois ancha mashg'ulotlarda ishtirok eta olmadi. Mana sekin-asta sport formasini tiklab boryapti. Kelajakda Nagaevdan umidimiz katta", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика