So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  5 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  2 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  7 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  61 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  42 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Ulug'bek Bakaev: "Rahbariyatning qarori men va rahbariyat o'rtasidagi shaxsiy masala" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Rahbariyatning qarori men va rahbariyat o'rtasidagi shaxsiy masala"

Superliga 8-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Mashal" (1:2) bahsidan so'ng buxoroliklar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Futbolchilarga hech qanday etirozim yo'q. Jamoam birinchi bo'limning o'zidayoq 2-3 xavfli vaziyatga ega bo'ldi. Ayrim bir vaziyatlarda raqib darvozaboni o'z jamoasini qutqargan bo'lsa, keyingi vaziyatda futbolchi to'pni yaxshi qabul qila olmadi. Tanaffusdan keyin esa gol o'tkazib yuborishimizga qaramay, hisobni tenglashtira oldik. Yigitlarga hech qanday etirozim. Shuncha imkoniyatlardan foydalanish kerak. "Mashal" esa o'z vaziyatlaridan foydalanib ketdi. "Mashal" jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman" - dedi Ulug'bek Bakaev bugungi bahs haqida.


- O'tgan turdagi mag'lubiyatdan so'ng matbuot anjumanida istefo so'rashingizni aytgan edingiz, ammo klub rahbariyati sizga ishonch bildirishda davom etishini elon qildi. Bugungi mag'lubiyatdan keyin ham rahbariyat o'z fikrida qoladi deb o'ylaysizmi?

- Bu savol o'yinga aloqador emas. Keling, bugungi uchrashuvga oid mavzular haqida suhbatlashaylik. Rahbariyatning qarori, men va rahbariyat o'rtasidagi shaxsiy masala.

- "Buxoro" so'nggi uchrashuvlarda juda ko'p gol o'tkazib yuboryapti. Himoya chizig'i esa asosan legioner futbolchilardan tashkil topgan. Jamoaning ko'p gol o'tkazib yuborayotgani legionerlarning saviyasi bo'yicha shubha uyg'otmaydimi?

- Fikringizga qo'shilaman. Biz ko'p gol o'tkazib yuboryapmiz. Ayniqsa o'yin tugashiga oz qolganida gol o'tkazib yuboryapmiz. Menimcha, bu ruhiyat bilan bog'liq. Sportchi ko'p mag'lub bo'layotgan chog'i o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotib qo'yadi. Shunday paytda durang yoki g'alaba jamoaga ruhiy tushkunlikdan chiqib ketishga yordam beradi.

- "Buxoro" natija o'xshamayotganiga qaramay, jamoangiz yangi mavsumda qiziqarli futbol o'ynamoqda. Shuningdek, jamoa Javohir Ro'ziev va Ravshan Xayrullaev kabi yosh futbolchilarga imkoniyat bermoqda. "Buxoro" jamoasining yaqin kelajakdagi strategiyasi yosh futbolchilarga qaratilgan bo'ladimi?

- Barchasi futbolchilarning o'ziga bog'liq. Zamonaviy futbolda yoshning farqi yo'q. Futbolchi Superliga darajasiga to'g'ri kelsa, xoh 15 yoshli futbolchi bo'lsin, xoh 30 yosh, umuman farqi yo'q. Maydonga chiqsin va barchasini isbotlasin. Bunday vaziyatda barchasi futbolchining o'ziga bog'liq, barchasini maydonda isbotlash kerak. Superlishga darajasiga tortmaydigan futbolchiga qancha imkoniyat berishdan qati nazar, u asosiy tarkibdan o'rin egallay olmaydi.

- Penalti belgilanganidan so'ng ancha hissiyotlarga berildingiz. O'sha vaziyatga izoh berib o'ta olasizmi?

- Men vaziyatni ko'rganim yo'q. Lekin futbolchidan so'rab oldim. Agar to'p futbolchiga tegingan bo'lsa, demak bu penalti. O'zi himoyachilar jarima maydonchasi ichida "podkat" tashlashi noto'g'ri. Biz penaltidan so'ng hisobni tenglashtira oldik va hattoki hisobda oldinga chiqib olish imkoniyatimiz ham bor edi. Hakam penalti belgiladimi, demak unda etarlicha asoslar bo'lgan. Men vaziyatni ko'rganim yo'q va bir narsa deyishim qiyin.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика