So’nggi yangiliklar

20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  3 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  5 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  7 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  1 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  24 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  57 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  4 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  5 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  26 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14

Baxtiyor Ashurmatov: Bizni oson o'yinlar kutib turibdi deb o'ylamayman Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: Bizni oson o'yinlar kutib turibdi deb o'ylamayman

Bugun Bangladesh Futbol Federaciyasi binosida U-23 yoshlar o'rtasidagi OCH saralash bahslari 1-turi oldidan terma jamoa murabbiylari va futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Hindiston yoshlar terma jamoasiga qarshi 1-tur o'yini oldidan O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov hamda terma jamoa sardori Vladimir Kozak jurnalistlar savollariga javob berishdi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov terma jamoa saralash bahslariga yaxshi tayyorgarlik ko'rgani va terma jamoa saralashdan muvaffaqiyatli o'tib Osiyo CHempionati final bosqichiga chiqishni maqsad qilganini takidladi.

Osiyo CHempionati saralash bahslariga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik deb o'ylayman. Biz Bangladeshga turnir boshlanishidan biroz avvalroq keldik, boisi futbolchilar bu erdagi iqlim sharoitiga moslashishlari kerak edi. O'ylaymanki, moslashishga ulgurdik va saralash o'yinlarini yaxshi o'tkazib final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishga harakat qilamiz. Biz guruh bosqichidagi barcha terma raqiblarimizni hurmat qilamiz va ularga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz, - deydi Ashurmatov.

Saralash bahslarida ishtirok etadigan barcha jamoalarning vazifasi bir - Osiyo CHempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritish. Bizni oson o'yinlar kutib turibdi deb o'ylamayman, ammo umid qilamanki, futbolchilar ishonchni oqlaydilar va o'z oldilariga qo'yilgan maqsadga erishadilar, - deya qo'shimcha qildi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Saralashning 1-turidagi raqib - Hindiston olimpiya terma jamoasi haqida to'xtalar ekan, Ashurmatov ushbu terma jamoa so'nggi yillarda ancha o'sishga erishganini aytdi.

Hindiston futbolida so'nggi yillarda ancha o'sish yuzaga keldi. Ularda so'nggi yillarda futbolga katta etibor berilmoqda. Qolaversa Hindiston chempionati saviyasi ham ancha o'sdi. SHunday ekan, ushbu terma jamoaga qarshi bizni qiyin o'yin kutib turibdi deb ayta olaman. Umuman guruhimizdagi hech bir o'yin biz uchun ham, raqiblar uchun ham oson bo'lmaydi. Sir emas, Osiyo futboli so'nggi yillarda ancha o'sishga erishdi. Hozirda har bir terma jamoaga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rish kerak, - dedi Ashurmatov.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi sardori Vladimir Kozak terma jamoa turnirda o'z oldiga katta maqsadlar qo'yganini takidladi.

Biz har qanday sharoitga tayyormiz. Hech bir o'yin oson bo'lmaydi. Ammo, biz bu erga g'alaba uchun keldik. Munosib va kuchli o'yin ko'rsatib Qatarda bo'lib o'tadigan Osiyo CHempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritmoqchimiz, - dedi Kozak.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo CHempionati saralash bahslarini 27 mart kuni Hindiston olimpiya terma jamoasiga qarshi bahs bilan boshlaydi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi. Saralashning 2-tur uchrashuvi 29 mart kuni Bangladesh olimpiyachilariga qarshi bo'lib o'tsa, saralashning so'nggi turida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Suriyaga qarshi bahs olib boradi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика