So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Baxtiyor Ashurmatov: "Birinchi bo'limda yigitlarimni taniy olmadim" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Birinchi bo'limda yigitlarimni taniy olmadim"

"Navbahor" - "Nasaf" (1:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.
"Rostini aytsam, birinchi bo'limda yigitlarni tanib bo'lmadi. CHunki muxlislar ajoyib muhit yaratib berishdi. Oldingi o'yinlarga nisbatan ko'proq muxlis tushdi", - deydi Ashurmatov.

O'yindan oldin aytgandim. "Nasaf" kuchli. Yaxshi o'yin ko'rsatsak ijobiy natijaga erishsak bo'ladi degandim. Ikkinchi bo'limda yigitlarga futbolda natija har xil bo'lishi mumkin. Lekin munosib o'yin ko'rsatib, muxlislar uchun o'ynanglar dedim. Ikkinchi bo'lim butunlay boshqacha o'yinga guvoh bo'ldik. Oxirigacha kurashishdi. Biz g'alaba qozonishni xohlagandik. Bunga sabab birinchi bo'limda ko'rsatgan o'yinimiz halaqit qildi.

Hozirgi “Nasaf” bilan oldingisi bilan farqi? SHakllangan jamoa. O'yinni ko'rib chiqqandik. Har o'yinda har xil tarkib tushib turgandi. Afsuski "Nasaf" OCHLda guruhdan chiqa olmadi, bu esa bizning zararimizga ishladi. Sababi endi ular bor etiborlarini O'zbekiston chempionatiga qaratishadi.

Birinchi taymda "Nasaf" yaxshi taasurot ko'rsatdi. Raqibga imkoniyat berdik. O'zlariga kelishdi va bor kuchlari bilan o'ynashdi. “Nasaf” birinchi o'rindagi jamoa. Bir necha yillardan beri shakllangan jamoa. Biz o'zimizni o'yinimiz yo'qotishlarimiz ko'payib ketdi. Berdimurodov, Bobojonov, Robbim Hasanov, Azam Aliev... 6 ta yo'qotish bor edi. Bu ham o'z so'zini aytdi. Vaziyatdan chiqishimiz kerak edi. Mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladik. Bugun yutmasak ham etiroz bildirmagan bo'lardik. Ikkinchi taymda oxirigacha kurashib, yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Xatolarimiz ustida ishlab, butun o'yin davomida yaxshi o'yin ko'rsatadigan bo'lishimiz kerak. Melenchuk birinchi bo'limdan keyin og'riq sezdi SHu bois uni alishtirdik. Xo'jaev zaxiraan tushsa ham o'zini ko'rsata oldi. Hakamlikni tanqid qilmayman. O'yin ularning vijdoniga havola. Gadoevga ikkinchi sariq kartochka berilishi kerak edi deb hisoblayman.

- Baqoev oilaviy sabablarga ko'ra Moskvaga borib keldi. Mashg'ulotlarda qatnashmadi. Uch kun mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgandi. SHu sabab uni ikkinchi bo'limda maydonga tushirdim.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика