Baxtiyor Ashurmatov: "Bangladeshdagi musobaqagacha tarkib tayyor holga keladi"
08 mar 2015 08:00
Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Bangladeshdagi musobaqagacha tarkib tayyor holga keladi"
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "Olmaliq"qa qarshi nazorat o'yini o'tkazdi.
1:0 hisobida "Olmaliq"ning g'alabasi bilan yakunlangan o'yindan so'ng Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov fikrlari bilan qiziqdik.
"Ochig'ini aytsam bu o'yinni tashkil etishdan asosiy maqsadim o'yinchilar bilan yaqindan tanishib olish edi. Undan tashqari asosiy tarkibga yaqin ko'plab futbolchilarni ko'rib olishga muvaffaq bo'ldim. Vetnam bilan bo'ladigan o'yinda ham barchani imkoniyatini bilib olib, Bangladeshdagi musobaqaga tayyorgarlikni davom ettiramiz. Bugun futbolchilar menda yomon taassurot qoldirmadi. Ularga mahorat etishmaganini esa aytib o'tishim kerak. Bu o'z so'zini aytdi va "Olmaliq" mahorat bobida O'zbekistonning eng kuchli klublaridan biridir. Hali o'yinni shakllantirish uchun ozgina vaqtimiz bor va bundan unumli foydalanishimiz kerak. Bangladeshdagi musobaqagacha tarkib tayyor holga keladi" , - deydi Ashurmatov.
"Har bitta chaqirilgan futbolchilar tarkibga kerak. Men o'ylaymanki asosiy tarkibdan yana bir necha nafari kelib qo'shilgandan so'ng o'yin ham kuchayadi. Asosiy tarkibning ko'plab futbolchilari O'zbekiston milliy terma jamoasida ham maydonga tushib kelmoqda. Undan tashqari ular OCHLdan ham o'zini ko'rsatmoqda".

Fikrlar