So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Baxtiyor Ashurmatov: "Balki "Navbahor" bilan kubok finalida yana uchrasharmiz" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Balki "Navbahor" bilan kubok finalida yana uchrasharmiz"

Coca Cola superligasi 26-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.

"Avvalambor bu yilgi mavsumni yuqori saviyada o'tkazgan futbolchilarimizga rahmat aytaman. Ular oxirigacha shiddatli kurashlarda o'zlarida kuch topa olishdi. SHogirdlarim og'ir kelgan mavsumda barcha raqiblarni jamoamizni hurmat qilishga majbur etishdi. Buning uchun ular minnatdorchilik izhor etaman.

Bugungi bahs derbiga xos shiddatli va jangovar ruhda o'tdi. Har bir o'yinda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Bugun ham shu maqsadda maydonga tushgandik. Bugun muxlislar ikkita bir-biridan chiroyli gollarga guvoh bo'lishdi. O'ylaymanki o'yin muxlislarga manzur bo'ldi. Mavsum oxiriga kelib, tarkibimizda jiddiy yo'qotishlarga duch keldik. Bir qator futbolchilarimiz jarohat olishdi. Bugun bir nafar hujumchi bilan o'ynashga majbur bo'ldik. Norbekovda jarohat bor edi, Rayevacga javob bergandik. Yosh hujumchimiz Hamidullo Abduhamidov ham jarohati bilan maydonga tushdi. SHunday bo'lsa-da, mavsumni ko'ngildagidek yakunlay oldik.

"Turon" jamoasining seprligaga yo'llanma olgani barchamizni xursand qildi. Qolaversa hali "Neftchi" jamoasida ham imkoniyat bor. Viloyatimizda Superliga jamoalarning ko'p bo'lishi barchamizga katta foyda beradi. Qolaversa viloyatimiz rahbarlari ham futbolni sevadigan insonlar.



Etakchi futbolchilarimiz Murod Xolmuhammedov, Quvondiq Ro'ziev, Aleksandr Merzlyakov , umuman barcha futbolchilarimiz bu yilgi mavsumda ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Barcha futbolchilar bilan aka-ukadek bo'lib ketdik. Qolaversa ular muxlislarning yoqimtoylariga aylanib ulgurishdi. Men bu o'yinchilarimiz yangi mavsumda ham jamoamiz safida qolishiga ishonamiz. Agar ularga xorijdan taklif bo'lsa, ketishlari mumkin, xolos.

Bugungi o'yinda hamda butun mavsum davomida jamoamizni qo'llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarimizga o'zim nomimdan va jamoamiz nomidan cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman. SHunday muxlislarimiz borligi bilan faxrlansak arziydi.

Oldimizda O'zbekiston kubogi bahslari kutib turibdi. Kubok bahslarida ham munosib ishtirok etishga harakat qilamiz. "Navbahor" jamoasiga ham bu yo'lda omad tilayman.  Balkim nasib qilsa Namanganda yana "derbi" bo'lar. SHunday yaxshi niyatda ishlashda davom etamiz", - deydi Ashurmatov.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика