Baxtiyor Ashurmatov: "Alamli mag'lubiyatga uchradik"
22 noy 2015 08:37
Yangiliklar
Baxtiyor Ashurmatov: "Alamli mag'lubiyatga uchradik"
Baxtiyor Ashurmatov (Navbahor jamoasi bosh murabbiyi): - Bugungi o'yin muxlislarga manzur bo'ldi. Ular so'nggi daqiqalargacha hayojonda o'tirishdi. Afsuski, shunday chiroyli o'yinimizni oxirgi uch daqiqada o'tkazib yuborilgan gol yuvib ketdi. Buning oqibatida alamli mag'lubiyatga uchradik. Maydonda chiroyli o'yin ko'rsatganliklari uchun har ikki jamoa azolariga minnatdorchilik bildirib o'taman. Uchrashuv yakuniga etgach, yigitlarga ham namoyish etgan o'yinlari uchun tashakkur bildirib o'tdim. Valijonov yomon o'yin ko'rsatgani yo'q. Raqib himoyachilarini tahlikada ushlab turdi. Bahs oxirlarida Lokomotiv futbolchilari markazdagi ustunlikni qo'lga olishdi. SHu sababli, markazda jiddiy qarshilik ko'rsatish maqsadida Alisher Mahmudovni maydonga tushirgandik. Afsuski, uchrashuvning yakuniy qismi kutganimizdek tus olmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar