So’nggi yangiliklar

17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  0 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  2 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  9 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3

Baxtiyor Ashurmatov: "Afsuski, futbolda ko'p murabbiylarga, muxlislarga yoki jurnalistlarga hozirgi kun yutug'i kerak" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Afsuski, futbolda ko'p murabbiylarga, muxlislarga yoki jurnalistlarga hozirgi kun yutug'i kerak"

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Qo'qon-1912" (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.





- O'yin haqida
- Avvalambor, Qo'qondan kelib, bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga va rahbariyatimizga rahmat aytaman. Bugun yutqazishga haqqimiz yo'q edi va yigitlar masuliyatni his qilgan holda maydonga tushishdi. G'alaba qozonish maqsadida ikkita hujumchi bilan o'ynadik, bu o'zini oqladi. Biz o'ylagan taktik uslub o'zini oqlamadi deb o'ylayman, chunki darvozamizga yaqin hududda himoyalana boshladik va bundan "Andijon" jamoasi unumli foydalanib, birinchi javob golini urdi. Penaltidan gol urilganida, hisob tenglashishi ham mumkin edi. "Andijon" yutqazganiga qaramasdan, bugun munosib o'yin ko'rsatdi. Muxlislar o'z futbolchilaridan xafa bo'lishmasin, penaltidan urilmagan gol ham futbolda uchrab turadigan holat. Keyingi o'yinlarda ularga omad tilayman va muxlislar xursand bo'lishlarini tilayman.

- "Qo'qon-1912" 3-4 yildan beri yaxshi natijalar qayd etib kelyapti. Bunga asosiy sabab nima deb o'ylaysiz?

- O'tgan yildan beri desak to'g'ri bo'ladi. Undan oldin jamoa asosan, Superligada qolish uchun kurashgan edi. Biz futbolchilarda o'ziga bo'lgan ishonchni uyg'ota oldik. To'g'ri, bizni tarkibimizda AGMK, "Navbahor", "Paxtakor" kabi jamoalardagidek yaratuvchi futbolchilar kamdir, masalan, o'tgan yili Quvondiq Ro'ziev orqali hujum uyushtirar edik. Hozir esa jangovarlik evaziga oxirigacha kurash olib boryapmiz.

- Sardor Azimov "Andijon" tarbiyalanuvchisi sanaladi. Uni asosiy tarkibda tushirishda qandaydir muammoga duch kelmadingizmi, chunki o'z sobiq jamoasi edi.

- Etibor bergan bo'lsangiz, Sardor Azimov oxirgi o'yinlarda zaxirada qoldirilgan edi. Bugun asosiy tarkibda tushirdim. Andijonlik futbolchilardan Bekmurodov, Azimov o'z shaharlarida bemalol va yaxshi o'yin namoyish etishlarini kutgandim, bu o'zini oqladi.

- "Andijon"dan qanday o'yin kutgan edingiz? Oxirgi paytlarda jamoada murabbiy masalasida ko'p o'zgarishlar bo'lyapti...

- Afsuski, murabbiylarning taqdiri shunaqa. 2-3 o'yin yutmasangiz, darrov, ishdan olishni o'ylashadi. G'ulomxo'jaev qiyin vaziyatda "Andijon"ni Superligada olib qolgan edi. Xohlagandimki, unga imkoniyat berilganida, vaziyatdan chiqib ketishi mumkin edi. Jamoa kombinacion o'yin ko'rsatishga, to'pni o'zida saqlashga urinyapti.

- "Qo'qon-1912"ning Kubok bahslaridagi muvaffaqiyatsizligiga asosiy sabab nimada?

- Bizning guruh bir-biriga munosib jamoalar o'rin olgan murakkab guruh edi. Biz hali o'z oldimizga qo'yilgan maqsadga erishmasdan turib keyingi o'yinlarni o'yladik. Afsuski, futbolda shunaqaki, ko'p murabbiylarga, muxlislarga yoki jurnalistlarga hozirgi kun yutug'i kerak. Biz "Metallurg"ga qarshi o'yinda rotaciyaga qo'l urdik, bu bizga qimmatga tushdi.

- Muzaffar Abdullaevning jarohati qay darajada?

- Afsuski, uni shifoxonoga olib ketishdi. Biz jarohat jiddiy emasligidan umidvormiz va Xudodan sog'liq so'raymiz. U o'z sog'lig'ini o'rtaga qo'yib, jamoamizni goldan saqlab qoldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика