So’nggi yangiliklar

08:03Sofascore. Кечаги учрашувда Абдуқодир Ҳусанов энг яхшиларидан бири бўлди  2 07:40Суперлига. Бугун 7-турдан ўрин олган яна 2 та учрашув бўлиб ўтади  0 07:00Лига 1. "Ренн" - "Ланс" 1:1   0 06:55Лига 1. ПСЖ - "Тулуза" 1:3   0 06:50Бундеслига. "Бохум" - "Байер" 0:5   0 06:45Серия А. "Аталанта" - "Рома" 2:1   0 06:40Серия А. "Ювентус" - "Салернитана" 1:1   0 01:57Лига 1. "Ланс" меҳмонда ғалабани қўлдан чиқарди, ПСЖ эса Мбаппенинг "Парк де Пренс"даги сўнгги ўйинида мағлуб бўлди  3 01:21"Бавария" Лондон клуби футболчисига деярли 70 млн евро тўлашга тайёр  0 00:52"Байер" 50та ўйиндан бери мағлубиятга учрамаяпти  4 00:24Симеоне испан футболида ноёб рекорд ўрнатди  4 23:45Бундеслига. "Бавария" - "Вольфсбург" 2:0   0 23:20АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Арсенал" 0:1   1 23:14Туркия Суперлигаси. Алиқулов, Турғунбоев ва Шукуров жамоалари иштирокидаги ўйинлар якунланди  1 23:09Самвел Бабаян: "Бугун фақат ғалабага оид саволларга жавоб бераман"  10

Baxtiyor Ashurmatov - Abbosbek Fayzullaev, Hindiston bilan o'yin va Xojiakbar Alijonov haqida Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov - Abbosbek Fayzullaev, Hindiston bilan o'yin va Xojiakbar Alijonov haqida

"Tezkor Studiya"da O'zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchilari, taniqli jurnalistlar bilan suhbatlar davom etadi.

Kecha jonli efirda O'zbekiston terma jamoasi bilan 2ta Osiyo Kubogida qatnashgan, ko'plab uchrashuvlarda maydonga tushgan Baxtiyor Ashurmatov mehmon bo'ldi va fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Hindiston bilan o'yinga keladigan bo'lsak, Xojiakbar Alijonovning safdan chiqishi katta yo'qotish hisoblanadi. Xojiakbar Alijonov so'nggi paytlarda O'zbekistonning eng kuchli o'ng qanot himoyachilaridan biri, deb o'ylayman. Qaysi o'yinchini qo'ysak ham hozirgi darajasida o'ynashi qiyin. Bu poziciyani berkitib berishi mumkin. Lekin u himoya va hujumda zarbalari, uzatmalari bilan ajralib turadi. Bu Hindiston bilan o'yinga tasir qilishi mumkin. 

Tarkibda o'zgarishlar bo'lishi aniq. Fikrimcha, o'yin uslubimiz o'zgarmaydi. Alijonovning o'rnida Suriya bilan o'yinning ikkinchi bo'limidan kelib chiqsak, murabbiy Farruh Sayfievni qo'yish ehtimoli ko'proq. CHap tomonda SHerzod Nasrullaevni ko'ramiz. 3ta markaziy himoyachi qoladi, chunki Suriya ko'p hujum qilmagan bo'lsada, himoyachilarimiz yaxshi saviyada o'yin ko'rsatishdi. Oston O'runovning hujumda ishi yurishmaganini ko'rsak, Sergeev yoki Abdixoliqovning tushishi ehtimoli katta. Menimcha ko'proq Sergeev asosiy tarkibda o'yinni boshlasa kerak. Oston O'runov esa yarim himoyada, o'z poziciyasida harakat qilishi mumkin. 

Abbosbek Fayzullaevni hozirgi paytda O'zbekistonning eng kreativ, eng tezkor va o'yinni o'z qo'liga oladigan futbolchisi, deb bilaman. Lekin terma jamoa murabbiyi vaziyatni yaxshiroq biladi. Ko'pchilik qatori Abbosbek Fayzullevning asosiy tarkibda bo'lmayotgani meni ham ajablantirmoqda, chunki Rossiya chempionatida bunday saviyada o'yin ko'rsatish hammaga ham emas. Avval ham yaxshi saviyada o'ynayotgandi. CSKA tarkibida esa o'yinini yanada kuchaytira oldi. Rossiya chempionatini yaxshi bilaman, u erda ko'proq jismoniy kuch talab qilinadi. SHunga qaramay o'zini ko'rsata olyapti. Rossiya chempionatining eng omadli transferi, deb bejiz aytilmayapti. Fayzullaev tarkibga qo'yilsa to'g'riroq bo'lardi. To'g'ri Masharipov terma jamoaning etakchi futbolchilaridan biri. Murabbiy uni zaxiraga oladimi yoki yo'q, buni ayta aniq olmayman. Oston o'z poziciyasida nisbatan kuchli o'yin ko'rsatishidan kelib chiqsak, murabbiyda tanlov imkoniyati bor. O'ylaymanki, Srechko Katanec terma jamoa uchun to'g'ri qarorni qabul qiladi",- deydi Baxtiyor Ashurmatov.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика