"Bavariya"ni tark etishi iddao qilinayotgan Myuller klub tarixiga kirdi
10 noy 2019 02:01
Yangiliklar
"Bavariya"ni tark etishi iddao qilinayotgan Myuller klub tarixiga kirdi
"Bavariya" Germaniya chempionatining 11-turida Dortmundning "Borussiya"sidan (4:0) ustun kelganidan xabaringiz bor.
Uchrashuvning 47-daqiqasida kiritilgan Serj Gnabrining goliga Tomas Myuller hammualliflik qildi. Etiborli jihati shundaki, bu germaniyalik futbolchi uchun "Bavariya" libosida amalga oshirilgan 100-asist bo'ldi. SHu tariqa Tomas 21-asr boshidan buyon mazkur ko'rsatkichga erishgan "Bavariya"ning birinchi futbolchisiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Myuller "Bavariya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va jamoa sharafini 2007 yildan buyon himoya qilib kelmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar