"Bavariya"ni tark etishi iddao qilinayotgan Myuller klub tarixiga kirdi

10 noya 2019, 02:01
"Bavariya" Germaniya chempionatining 11-turida Dortmundning "Borussiya"sidan (4:0) ustun kelganidan xabaringiz bor.

Uchrashuvning 47-daqiqasida kiritilgan Serj Gnabrining goliga Tomas Myuller hammualliflik qildi. E'tiborli jihati shundaki, bu germaniyalik futbolchi uchun "Bavariya" libosida amalga oshirilgan 100-asist bo'ldi. Shu tariqa Tomas 21-asr boshidan buyon mazkur ko'rsatkichga erishgan "Bavariya"ning birinchi futbolchisiga aylandi. 

Eslatib o'tamiz, Myuller "Bavariya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va jamoa sharafini 2007 yildan buyon himoya qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru