So’nggi yangiliklar

13:58Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"дан кетиши мумкин  0 13:27"Реал" Родри учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  2 13:01"Арсенал" "Реал"нинг ёш юлдузини сотиб олмоқчи  0 12:38Футзал. Ўзбекистон чемпионатида 2-тур якунланди. Мусобақа жадвали, рамзий терма жамоа ва тўпурарлар пойгаси  1 12:11Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ўйинчи 2-тур рамзий терма жамоасида ўрин олди  0 11:05Расман: Асрор Алиқулов "Шўртан" билан уч ойлик шарнома имзолади  6 10:44"Бунёдкор" ва "Насаф" "Олимпия" стадионида жанговар дуранг ўйнашган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0 09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0 09:17Рустам Ашурматов Каннаворонинг терма жамоага мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  48 08:51"Ал Ҳилол" Кейнга жуда катта маош таклиф қилмоқчи  6 08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  5 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  26 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  1

"Bavariya"dan bir mavsumda 11 ta rekord. Bu mashina qachon to'xtaydi?! Yangiliklar

"Bavariya"dan bir mavsumda 11 ta rekord. Bu mashina qachon to'xtaydi?!

Faqat 1 o'yin nemislarni "Barsa" qayd etgan noyob natijadan ajratib turibdi.

"Bavariya" joriy mavsum davomida yo'lidan chiqqan har qaysi raqibni "yanchib tashladi". Flik jamoasi bir qancha rekordlarni yangilashga ulgurdi, ammo eng asosiysi hali oldinda.

Barcha turnirlarda 158 gol

Klub tarixidagi yangi yutuq. Oldingi rekord deyarli 50 yil davomida saqlanib turdi. 1972/1973 yilgi mavsumda Myunxen jamoasi 152 ta gol urgandi. Yangi rekord "Barselona"ga (8:2) qarshi CHempionlar Ligasi chorak finalida o'tkazilgan o'yinda o'rnatilgani etiborga loyiq.

Bundesliganing 30 o'yinida 90 gol

6 iyun kuni Flik jamoasi "Bayer"ni (2:4) mag'lubiyatga uchratdi va Germaniya chempionati rekordini yangiladi.

ECHL pley-off bosqichining bir o'yinida 8 gol 

"Bavariya" CHempionlar Ligasi 1/4 finalida "Barselona" darvozasiga 8 ta gol urdi va musobqa tarixida pley-off bosqichining 1 o'yinida eng ko'p gol urgan jamoaga aylandi. Yaqin orada bu natijani hech kim takrorlay olmasa kerak.

ECHL mavsumida 42 gol

"Tottenxem"ga 7 gol, "Barselona"ga 8 gol — marhamat sizga yangi rekord. Bir mavsumda 42 gol — nemis klubi uchun yangi cho'qqidir. "Bavariya" hech qachon musobaqaning bir mavsumida buncha gol urolmagan edi.

ECHL, 9 yilda 7 ta yarim final

Ajoyib shaxsiy natija. Ammo nemislar so'nggi 10 yillikda faqat bir marta musobaqani yutishdi (2012/2013), turnir finalida "Borussiya" (2:1) mag'lub etilgandi.

Bundesliganing ikkinchi davrasi dahshatli tarzda o'tkazilda

Yig'ish mumkin bo'lgan 51 ochkodan 49 tasi qo'lga kiritildi. "Bavariya" Bundesliga tarixidagi eng yaxshi ikkinchi davrani o'tkazdi — 2012/2013 yilgi mavsumda Yupp Xaynkesning "Bavariya"si ham musobaqaning bir qismida 49 ochko to'plagandi.

Mag'lubiyatsiz 2-davra

"Bavariya" o'z tarixida 3-bor Bundesliganing 2-davrasini mag'lubiyatsiz yakunladi. Bunga qadar myunxenliklar bu natijani 1986/1987 va 2012/2013 yilgi mavsumlarda qayd etishgan edi. SHuningdek, "Ayntraxt" (1976/1977) hamda Dortmundning "Borussiya"si (2011/2012) turnirning bir qismini mag'lubiyatsiz o'tkazishga muvaffaq bo'lagan.

Bundesligada qatorasiga 13 g'alaba

Bu Germaniya chempionatining yangi rekordi. Oldingi eng yaxshi natija Myonxenglabaxning "Borussiya"siga tegishli edi (ketma-ket 10 g'alaba, 1986/1987).

Bundesliga titullarining yarmidan ko'pi "Bavariya"da

2020 yilda "Bavariya" 30-chempionligini tantana qildi. Budesliga tashkil topganidan buyon qolgan barcha jamoalar birgalikda 28 bor chempion bo'lishgan.

Bundesliga, Myullerning 21 assisti

Germaniya chempionati 30-tur bahsida Myuller 2 bor golli uzatmani amalga oshirdi. Tomas uchun bu turnirdagi assistlarning 20, 21-si bo'ldi. Bunga qadar Bundesliga tarixidagi eng yaxshi natija Kevin de Bryuynega tegishli edi (20).

Myullerning ECHLdagi 114-o'yini

"Lion"ga qarshi yarim final bahsi "Radio" uchun 114-si bo'ldi. 30 yoshli hujumchi bu borada nemis futbolchilari orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega.

"Barselona" ayni paytda trebllar soni bo'yicha nemislarni ortda qoldirmoqda. 2015 yilda "ko'k-anorranglilar" ikkinchi marta "Oltin xet-trik" qayd etgan dunyodagi birinchi jamoaga aylangan edi. "Bavariya" esa o'z tarixida faqat bir mavsumda 3 ta musobaqani yutgan (2012/2013) — Germaniya chempionati, Germaniya kubogi, ECHL. "Bavariya"ni 2-trebldan faqat bitta o'yin ajratib turibdi. Parij mahv etilsa bo'lgani!

Faxriddin Ro'ziev tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика