"Bavariya"da Kovachning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan ikki mutaxassisning nomi malum bo'ldi
07 may 2019 22:20
Yangiliklar


"Bavariya"da Kovachning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan ikki mutaxassisning nomi malum bo'ldi
Bavariya rahbariyati jamoaning hozirgi murabbiyi Niko Kovachning o'rniga boshqa mutaxassisni olib kelmoqchi, deya malum qiladi Marca.
Manbaning xabar berishicha, myunxenliklar yaqinda «Real»dan istefoga chiqarilgan ispaniyalik Xule Lopetegi hamda «Ayaks» ustozi Erik ten Xag bilan muzokaralar o'tkazmoqchi.
52 yoshli Lopetegi «qirollik klubi»dan tashqari, «Rayo Valekano», «Portu» hamda Ispaniya terma jamoasida faoliya olib borgan. 49 yoshli gollandiyalik ten Xag esa joriy mavsum amsterdamliklar bilan yuqori darajadagi mavsumni o'tkazmoqda. U jamoa bilan mamlakat kubogini yutib, ECHLning finaliga chiqishga yaqin turibdi. SHuningdek, «Ayaks» Gollandiya birinchiligida g'olib bo'lish uchun yaxshi imkoniyatga ega.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar