"Bavariya" Xummelsni "CHelsi"ga sotishi mumkin
30 dek 2018 14:43
Yangiliklar
"Bavariya" Xummelsni "CHelsi"ga sotishi mumkin
"Bavariya" himoyachisi Mats Xummels faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, 30 yoshli germaniyalik futbolchi "CHelsi" ustozi Mauricio Sarrining asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. "CHelsi" himoyachi borasida so'rov jo'natdi, "Bavariya" esa Xummelsni 33 mln. evroga sotishi mumkinligini malum qildi.
Xummels 2016 yil Dortmundning "Borussiya"sidan "Bavariya"ga o'tgan edi. Joriy mavsum himoyachi myunxenliklar safida 9ta uchrashuvda maydonga tushib, 1ta golli pas berdi.
Fikrlar