"Bavariya" Xolandning agenti bilan muzokara o'tkazdi
12 jan 2022 15:18
Yangiliklar
"Bavariya" Xolandning agenti bilan muzokara o'tkazdi
"Bavariya" rahbariyati Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Erling Xolandning agenti Mino Rayola bilan muzokaralar o'tkazdi.
Myunxenliklar norvegiyalikni o'z safiga jalb qilmoqchi, shu sabab Robert Levandovski bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti.
Futbolchiga shuningdek "Manchester Siti" va "Barselona" qiziqish bildirmoqda.
Xoland joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishdi.
Fikrlar