"Bavariya" xarid qilib olish huquqi bilan Koutinoni 2 mavsumga ijaraga olishi mumkin
12 avg 2019 20:10
Yangiliklar


"Bavariya" xarid qilib olish huquqi bilan Koutinoni 2 mavsumga ijaraga olishi mumkin
"Bavariya" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoning transferi borasida ish olib bormoqda.
Myunxenliklar 27 yoshli braziliyalikni jamoaga qo'shib olishning ikki variantini ko'rib chiqishmoqda. Dastlab ular Koutinoni ikki mavsumga ijaraga olishmoqchi. Keyinchalik esa futbolchi bilan to'liq shartnoma tuzish borasida ish olib borishadi.
Xuddi shunday ish Xames Rodriges bilan ham bo'lgan edi. Faqat Xames ijara muddati tugaganidan keyin "Bavariya" bilan hamkorlikni davom ettirmadi.
Ikkinchi variant sifatida sotib olish huquqi bilan 1 yillik ijaraga olish ko'rilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar