"Bavariya" ukrainalik yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda
18 okt 2023 12:11
Yangiliklar
"Bavariya" "Jirona" yarim himoyachisi Viktor Cigankovni sotib olish imkoniyatini jiddiy o'rganmoqda, deb xabar berdi "Bild". Myunxen klubi skautlari ukrainalik futbolchi ishtirokidagi o'yinlarga kelgan. "Bavariya"ni Viktor Cigankovning ko'p qirraliligi o'ziga tortmoqda, u vinger sifatida ikki qanotda ham, shuningdek, hujumkor yarim himoyachi sifatida ham o'ynashga qodir.
"Jirona" ukrainalik futbolchini yanvar oyida 5 million evro evaziga sotib olgandi. Kataloniyaliklar u orqali katta pul ishlab olishmoqchi. "Jirona" Viktor Cigankov uchun "Bavariya"dan kamida 30 million evro talab qiladi. Nyuans shundaki, uni sotishdan tushgan pulning yarmi Kievning "Dinamo"siga tegadi. Bunday shartlar "Jirona" Ukraina klubidan Cigankovni sotib olganida belgilab qo'yilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar