"Bavariya" Tuxel o'rniga 3 nafar murabbiydan birini tanlaydi. Barcha nomlar malum
12 fev 2024 16:16
Yangiliklar
"Bavariya" Tuxel o'rniga 3 nafar murabbiydan birini tanlaydi. Barcha nomlar malum
"Bavariya" bosh murabbiyligiga 3 nafar mutaxassis davogarlik qilmoqda.
Bu haqda jurnalist Marsel Myoller ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Manbaga ko'ra, nemis grandi boshqaruviga davogarlar ro'yxatidan Yoaxim Lyov, Xans-Diter Flik va Oliver Glasner o'rin olgan. Avvalroq portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu "Bavariya" bosh murabbiyi lavozimini egallashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Hozirda Tomas Tuxel "Bavariya" ustozi sanaladi. Uning qo'l ostida jamoa so'nggi o'yinda Leverkuzenning "Bayer"iga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Bundesliganing 21-turidan keyin "Bavariya" peshqadam "Bayer"dan 5 ochko ortda qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar