"Bavariya" "Tottenxem"ning 17 yoshli futbolchisiga qiziqib qoldi
21 noy 2019 00:37
Yangiliklar


"Bavariya" "Tottenxem"ning 17 yoshli futbolchisiga qiziqib qoldi
Irlandiyalik hujumchi faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.
Myunxenliklar "Tottenxem" hujumchisi Troy Perrottga qiziqib qolishdi. 17 yoshli Perrott o'tgan hafta Irlandiya terma jamoasining Yangi Zelandiyaga qarshi uchrashuvida terma jamoa safidagi ilk o'yinini o'tkazdi. Futbolchining "SHporlar" safidagi debyuti shu yilning sentyabr oyida Angliya liga kubogi doirasidagi "Kolchester" klubiga qarshi bahsga to'g'ri kelgandi."Bavariya" mutasaddilari Perrott 17 yoshida "Borussiya" safiga qo'shilib, keyinchalik asosiy yulduzga aylangan Jeydon Sanchoga o'xshashini kutishmoqda.
Malumot o'rnida, Troy 2002 yilning 4 fevralida Dublinda tavallud topgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar