"Bavariya" Tolissoni sotmoqchi
11 avg 2021 15:40
Yangiliklar
"Bavariya" Tolissoni sotmoqchi
"Bavariya" va Franciya terma jamoasi yarim himoyachisi Korenten Tolisso yaqin vaqtlarda klubdan ketishi mumkin.
"Bavariya" direktorlar kengashi 27 yoshli o'yinchini imkon qadar tezroq sotishga qaror qilishdi, sababi yangi bosh murabbiy Yulian Nagelsmann uni asosiy tarkibda ko'rmayapti.
Myunxenliklar Tolissoni 10 million evroga sotishga tayyorlar - bu "Lion"ga 2017 yilda to'langan puldan taxminan to'rt baravar kam.
Qayd etish kerakki, Tolissoning xizmatlariga "Yuventus", "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar