So’nggi yangiliklar

15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  1 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  8 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  7 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4

"Bavariya" ten Xag, Pep va Tuxeldan birini tanlashi lozim. Klubga bir necha yillik murabbiy kerak Yangiliklar

"Bavariya" ten Xag, Pep va Tuxeldan birini tanlashi lozim. Klubga bir necha yillik murabbiy kerak

Bild nashrining malum qilishicha, Niko Kovach istefosidan so'ng "Bavariya" klubda bir necha yil ishlaydigan murabbiy izlamoqda.

Nemis grandi ayni damda klubdagi ish bilan band bo'lgan uch mutaxassisdan birini tanlaydi. "Bavariya" kelasi yilning yozida Myunxenga Erik ten Xag, Pep Gvardiola (yana!) yoki Tomas Tuxelni olib kelmoqchi. Nomzodlar haqida qisqa rezyume bilan tanishib chiqing.



Erik ten Xag, 49 yosh, "Ayaks" bilan shartnomasi 2022 yilda tugaydi

Ten Xag "Bavariya"da ishlagan - bu tomondan u klub falsafasiga mos murabbiy, Myunxendagilar uni iliq kutib olishlari aniq. "Ayaks"ning hozirgi ustozi 2013-2015 yillarda "Bavariya"ning ikkinchi jamoasida ishlagan va Pep bilan ko'p to'qnash kelgan (maydonda emas). Ten Xag Amsterdam muvaffaqiyatli ishlamoqda va klub bilan shartnomasini uzaytirdi, ammo u yana chet mamlakatda ishlashga qarshi emas. "Ayaks" menejeri Mark Overmarsning so'zlariga ko'ra, agar top-klublarning biri taklif bilan chiqsa, murabbiyni ushlab qolish qiyin bo'ladi. ETX (Erik ten Xag)ning ijobiy tomoni - u yangi jamoaga aniq g'oya bilan keladi va uni futbolchilarga singdira oladi. Uning salbiy tomoni - mutaxassis o'yinchilarga ko'p erkinlik beradi. Myunxenlik futbolchilar Anchelotti va Kovachni ketkazib yuborganini eslasak, gollandiyalik murabbiyga qiyin bo'lishi aniq.


Pep Gvardiola, 48 yosh, "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2021 yilda yakunlanadi

Gvardiola Manchesterda avvalgidek baxtli emasligi "Bavariya"dagilarga yaxshi malum. Ammo shunday bo'lgan taqdirda ham myunxenliklar Pepni o'z tomoniga og'dirishi qiyin bo'ladi, chunki uning "Siti" bilan yana 1,5 yillik shartnomasi bor va ispaniyalik mutaxassisning joriy mavsumda klubdan ketishi deyarli fantastika. Gvardiola "Bavariya"ga qaytishi ehtimoli yo'q emas. Pepning ustun tomoni - u nemis grandidagi barcha jarayonlar bilan yaxshi tanish. Bundan tashqari, Myunxenda Gvardiola qo'l ostida to'p tepgan futbolchilar kelajakda unga o'xshash mutaxassis bilan ishlashni xohlashadi. Masalan, jamoa etakchisi Joshua Kimmixning aytishicha, ispaniyalik murabbiy ketganidan so'ng u taktik va nazariy mashg'ulotlar ustida Pep davridagidek ishlashiga to'g'ri kelgan. Xatto o'ylab topishga urinsangiz ham, Gvardiolada kamchilik yo'qdek ko'rinadi.


Tomas Tuxel, 46 yosh, PSJ bilan shartnomasi 2021 yilda tugaydi

Tuxel nomzodi "Bavariya" rahbariyati tomonidan ko'rib chiqilgan, ammo klub o'shanda Kovach foydasiga qaror chiqargandi. Bu "Bavariya" ichidagi kelishmovchilik natijasi bo'lgan: Uli Xyonessga Tomasning feli va janjalkashligi yoqmagan. Tuxel o'zgargani yo'q, ammo nemis murabbiylar orasida tanlov katta emas, chunki Kovachgacha nomzod sifatida ko'rsatilgan Yulian Nagelsman Leypcigga yo'l oldi. Yosh mutaxassis "Leypcig" imperiyasida uzoq vaqt qoladigan ko'rinadi. Bir paytlar Nagelsman Myunxen chorloviga negativ reakciya bildirgan edi, endi esa u "Bavariya"ning asosiy raqibi bo'lishi kutilayotgan klubda ishlayapti.

Tuxel haqida to'xtaladigan bo'lsak, u yozda "Bavariya"ga murabbiy olib kelinishi mumkin bo'lgan yagona real nomzod. PSJ rahbarlari hech qachon sabr va murabbiy g'oyalarining ish berishi borasida ajralib turishmagan. Parijliklarning asosiy maqsadi - CHempionlar ligasi. Agar PSJ bu safar ham hech bo'lmasa CHL finaligacha etib bora olmasa, murabbiy yangi ish joyini qidirishi mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика