"Bavariya" sport kiyimida yangi ramz paydo bo'ladi
22 dek 2013 14:21
Yangiliklar

"Bavariya" sport kiyimida yangi ramz paydo bo'ladi
Kecha klublar o'rtasidagi Jahon CHempionatida Myunxenning "Bavariya" klubi g'oliblikni qo'lga kiritganidan xabaringiz bor.
Finalda "Radja Kasablanka" jamoasi ustidan 2-0 hisobida zafar quchgan myunxenliklar 2013 yildagi jahonning tengsiz jamoasi nomiga sazovor bo'lishdi. FIFA amal qilib kelayotgan qoidaga muvofiq Myunxen super-klubi yangi mavsumdagi uchrashuvlarda endi Jahon CHempioni belgisi bilan o'ynaydi. Yangi yildan boshlab "Bavariya" sport formasi ko'krak qismida klublar mundiali sovrini aks ettirilgan belgi hamda "FIFA jahon chempionlari 2013" degan yozuv paydo bo'ladi. Bu orqali FIFA klublar o'rtasidagi mundialda g'alaba qozongan jamoani yana-da ko'proq rag'batlantirishni ko'zlagan.
Bunday g'oya FIFA tomonidan 2007 yilda amalga tadbiq etilgan bo'lib, "Bavariya" dan avval ushbu belgini taqish "Milan", "Manchester Yunayted", "Barselona" (ikki marta), "Inter" hamda "Korintians" kabi jamoalarga nasib etgan. Bu borada "Gollivud FK" oltinchi bo'ldi.
Zoxirjon Akramxonov tayyorladi

Fikrlar