"Bavariya" "SHtutgart" vingeriga ko'z tikdi
29 mar 13:09
Yangiliklar
"Bavariya" "SHtutgart" vingeriga ko'z tikdi
"Bavariya" "SHtutgart" vingeri Kris Fyurixni sotib olish ustida ishlamoqda.
Bu haqda insayder Kristian Falk xabar bermoqda.
"Rekordmaystr" yangi sport direktori Maks Eberl transfer ustida ishlamoqda. U futbolchi bilan shaxsan muzokara olib bormoqda, uning tovon puli – 23,5 million evro.
Fyurix 2021 yildan beri "SHtutgart"da o'ynab kelmoqda. 26 yoshli germaniyalik joriy mavsum barcha turnirlarda 30 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli pas uzatdi.
Oldinroq "Bavariya" top-murabbiy bilan shartnoma tuzmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar