"Bavariya" Sanega zarba bergani uchun Maneni 500 ming evro jarimaga tortdi. Leroy jamoadoshini jiddiy jazolamasliklarini so'ragan
14 apr 2023 08:48
Yangiliklar
"Bavariya" Sanega zarba bergani uchun Maneni 500 ming evro jarimaga tortdi. Leroy jamoadoshini jiddiy jazolamasliklarini so'ragan
"Bavariya" Sadio Maneni 500 ming evro jarimaga tortdi.
Leroy Sane klubdan Mane bilan shartnomani bekor qilmaslikni va uni jiddiy ravishda jazolamaslikni so'ragan.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya"ning ECHL doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yinidan so'ng (0:3) Mane kiyinish xonasida Sane bilan janjallashgan va jamoadoshining yuziga zarba bergan.
Jazo variantlari orasida shartnomani bekor qilish ham ko'rsatilgandi, biroq "Bavariya" xo'jayinlari bunday qilmaslikni maqul ko'rishgan.
Klub rasmiy saytida malumot berilishicha, Mane shanba kuni "Xoffenxaym"ga qarshi bo'ladigan o'yinni o'tkazib yuboradi. Senegallik futbolchi shuningdek jarima ham to'laydi.
Fikrlar