Bavariya Riberi va Robben bilan shartnomani uzaytiradi
09 apr 2018 07:16
Yangiliklar
Bavariya Riberi va Robben bilan shartnomani uzaytiradi
Bavariya direktorlar kengashi raisi Karl-Xaync Rummenigge yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo'lgan Frank Riberi va Aren Robben borasida gapirib o'tdi.
«Nimadir shartnomani uzaytirishga xalal beradi deb o'ylamayman. Bu futbolchilar bilan katta yutuqlarga erishganmiz. Ular bilan kelishuvga erishib bo'lganmiz, yaqin vaqt ichida bu haqda rasman elon qilamiz.
Asosiysi – ularning o'yini. Ikkisi ham ajoyib o'ynashmoqda», – deydi Rummenigge.
Riberi Myunxen klubida 2007 yildan buyon, Robben esa 2009 yildan buyon o'ynab kelmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar