"Bavariya" prezidenti: "Xoland - yaxshi hujumchi. Biroq bizda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bor"
22 avg 2021 16:32
Yangiliklar
"Bavariya" prezidenti: "Xoland - yaxshi hujumchi. Biroq bizda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bor"
"Bavariya" prezidenti Gerbert Xayner hujumchi Erling Xolandning ehtimoliy transferi haqida gapirdi.
"Bizda dunyoning eng yaxshi futbolchisi va hujumchisi Robert Levandovski bor. U gollarimiz kafolatchisi. Uning yana 2 yilli shartnomasi bor. Umid qilamanki, u tarkibimizda yana ancha vaqt bo'ladi.
Xoland - yaxshi hujumchi. Uni barcha klublar o'z tarkibida ko'rishni istaydi. Biroq biz Robertning o'yinlaridan mamnunmiz. U bilan shartnomani uzaytiramiz. Biroq hozirda bu borada gapirishga erta", - dedi funkcioner.
Fikrlar