"Bavariya" Pisarroni yana bir yil o'zida o'ynatadi
28 may 2014 01:57
Yangiliklar
"Bavariya" Pisarroni yana bir yil o'zida o'ynatadi
Myunxening "Bavariya" klubi jamoa hujumchisi Klaudio Pisarro bilan oradagi shartnomani 2015 yilgacha uzaytirdi.
"Men juda xursandman. Bu jamoa tarkibida o'ynash men uchun sharaf. Jamoam o'yinidan zavq olaman. Keyingi mavsumda barcha sovrinlarni o'zimizniki qilib olamiz. "Bavariya"dan zo'r yoki kuchli jamoa yo'q", - deya Pisarroning gaplaridan iqtibos keltiradi "Bavariya" rasmiy sayti.
Fikrlar