"Bavariya" - "Milan" o'yinining tanaffusida Gvardiola va De Yong janjallashib qoldi
05 avg 2015 10:45
Yangiliklar


"Bavariya" - "Milan" o'yinining tanaffusida Gvardiola va De Yong janjallashib qoldi
"Bavariya" - "Milan" uchrashuvining tanaffusida myunxenliklar bosh murabbiyi Xosep Gvardiola va Italiya klubi yarim himoyachisi Nayjel De Yong o'rtasida janjal kelib chiqdi.
Ispaniyalik murabbiyi 20 yoshli Joshua Kimixga qarshi qo'pol o'ynagan gollanddan jahli chiqdi.
Gvardiola kiyinish xonasiga yo'l olayotgan De Yongni "Alyanc Arena" tribuna osti yo'lagida ko'rib qolib, uni tanqid qilgan. Gollandiyalik javob berishga harakat qildi, ammo uni jamoadoshlari ushlab qoldi.
O'yin 3:0 hisobida "Bavariya"ning g'alabasi bilan yakunlandi. "Audi Kap" finalida myunxenliklar "Real" bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar